Vinisius Junior va Rodrigo raqamlarini alishtirdi
12 iyu 2023 15:29
Yangiliklar
Vinisius Junior va Rodrigo raqamlarini alishtirdi
"Real"ning braziliyalik vingerlari yangi mavsumda boshqa o'yin raqamlarida harakat qiladigan bo'lishdi.
"Qirollik klubi"ni Eden Azar tark etgach, mashhur "7" raqami bo'sh qolgandi. Bazilar ushbu raqamni Mbappega olib qo'yilishi haqida aytgandi. Biroq unday bo'lib chiqmadi. Jamoaning etakchilaridan biriga aylanib bo'lgan Vinisius Junior yangi mavsumda 7-raqamda harakat qiladi. Braziliyalik yana bir vinger Rodrigo esa o'ziga 11-raqamni oldi. O'tgan mavsumda bu raqam Marko Asensioga tegishli edi.
O'z navbatida, jamoaning yangi himoyachisi Fran Garsiya 20-raqamda to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar