So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  19 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Viktor Serazitdinov Superligaga qaytdi yoki “Maysaraning ishi” Yangiliklar

Viktor Serazitdinov Superligaga qaytdi yoki “Maysaraning ishi”

Kecha Respublikamizda superliganing 7-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Namanganda “Navbahor” “Bunyodkor”ni qabul qildi, Bekobodda esa “Metallurg” - “Qizilqum” bahsi bo'lib o'tdi. Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida “Surxon” jamoasi “Qo'qon-1912”ni qabul qildi.

Futbolimiz rahbariyati bu mavsumning ilk turida barcha o'yinlardan oldin halol futbolni targ'ib qiluvchi bannerlar bilan jamoalarni suratga tushirdi. Barchamiz ana endi halol futbol ko'ramiz ekanda deb turganimizda ilk turning o'zidayoq hakamlarning “shubhali” qarorlari bilan bog'liq bir nechta vaziyatlar yuz berdi. Xususan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” o'yinida mezbonlar darvozasiga belgilangan penalti va “Neftchi” darvozasiga esa berilishi lozim bo'lgan, biroq belgilanmangan penalti ancha muddat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. Bundan tashqari har turda hakamlar bilan bog'liq mojarolar ko'paysa ko'payib ketyaptiki aslo kamaymayapti.



Kecha Toshkentda bo'lib o'tgan “Surxon” – “Qo'qon-1912” bahsiga Viktor Serazitdinov bosh hakam etib tayinlangan edi. Serazitdinov bundan 1 yil oldin, aniqrog'i 2021 yilning 14 mart sanasida “So'g'diyona” – “Turon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o'yin natijasiga tasir qiluvchi xatolarga yo'l qo'yganligi sababli nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatilgan edi. (Nomuayyan muddat 1 yildan sal oshiqroq ekan bilvoldik). O'sha o'yindan so'ng “Turon” bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning intervyusi barcha ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan edi.

Viktor Serazitdinov hakamlikdan chetlatilgani bilan quyi ligalarda hakamlik qilib yurdi. Bu mavsumda esa O'zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuvlarga tayinlov olgan Serazitdinov kecha yana superligaga qaytdi. Viktor Serazitdinovning superliga o'yinlariga qaytishiyana shov-shuvlarga sabab bo'ldi. “Surxon” – “Qo'qon-1912” bahsining 82-daqiqasida o'yin bosh hakami mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi Qo'qonliklar hujumchisini qoida buzgan tarzda to'xtatib qoldi deb baholandi. Viktor Serazitdinov vaziyatga 4-5 metr uzoqlikda va futbolchilarning orqa tomonida joylashgan holda ushbu vaziyatni baholadi. Biroq vaziyatga qanot hakami Bektursun Kannazarov aralashdi. Yon hakam bosh hakamni yoniga chorladi va qoida buzilmaganligini unga bildirdi. Qanot hakamining gapi bilan Serazitdinov o'z qarorini o'zgartirdi hamda penalti bekor qilindi. Ushbu vaziyat VIDEO yozuvini diqqat bilan kuzatsangiz “Surxon” futbolchisi chap yonida kelayotgan hujumchini oyoq va qo'l harakatlari bilan to'xtatib qolganligini ko'rish mumkin.Himoyachi to'pga ulgurmadi, agar u tepni tepib yuborganida to'p maydondan chiqib ketar edi. Qanot hakami esa futbolchilarning o'ng tomonidagi qanotda ishlayotgan edi. Videolavhada Kannazarovning obzorini “Surxon” himoyachisi gavdasi bilan to'sib qolgandek ko'rinadi. Lekin Kannazarov o'sha vaziyatni qanday qilib ko'ra olganiga qoyil qolish kerak. Xullas ushbu vaziyat bugun O'zbekiston futbol hakamlari markazida ko'rib chiqildi va hakamlar to'g'ri qaror qabul qilganliklari tasdiqlandi. VIDEONI KO'RISH



Viktor Serazitdinov 2019 yilning 25 may kuni Termiz shahrida bo'lib o'tgan “Surxon” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini ham boshqarib borgan edi. Esda qolarlisi o'sha o'yin 1:1 natija bilan davom etayotgan vaziyatda, Serazitdinov qanot hakamining fikriga quloq tutib Qo'qonliklar darvozasiga penalti belgilagan edi. U vaziyatda to'p Qo'qon futbolchisining yuziga tekkan, Aleksandr Sidorov to'p qo'lga tegdi deb baholagan edi. O'shanda ham Serazitdinov vaziyatga o'zi juda yaqin bo'lib turgan holatda, yon qanotdagi yordamchisi, vaziyatdan 40-43 metrlar uzoqlikdan turgan Aleksandr Sidorovning fikri bilan 86-daqiqada penalti belilagan va natijada mezbonlar g'alaba qozongan edilar. Serazitdinovni o'zini fikri yo'qmi, o'zi qaror chiqara olmasa nima qilib yuribdi Superligada degan o'y-xayol keladida.

O'zbekiston futbol hakamlari markazidagi mutaxassislar hakamlar bilan bog'liq aksari vaziyatlarda hakamlar foydasiga qaror qabul qilishiga o'rganib ham qoldik. SHu o'rinda o'sha mashhur “Maysaraning ishi” filmidagi bir epizod yodimizga tushadi. “Qozi pochcha sizlar nima ish qilsangiz ham shariatga to'g'ri kelaveradiya”.


Hurmat bilan, Mullado'st

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика