So’nggi yangiliklar

20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  1 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  2 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  12 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  1 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  4 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  8 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  5 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  2 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  6 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  6

Viktor Kumikov: "O'yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to'liq tarkib bilan yig'ildik" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "O'yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to'liq tarkib bilan yig'ildik"

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.




"Paxtakor" barcha jabhada bizdan ko'ra kuchli jamoa. Ham ijrochilar bo'yicha, ham boshqa tomonlama. Bugun sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsa ro'y berdi.

Ammo birinchi golda menimcha suniy o'yindan tashqari holatni vujudga keltirishda xato qildik. Ikkinchi golda esa hakam xato qildi deb o'ylayman. Sababi futbolchi 5 metrdan yo'llangan zarba vaqtida qo'lini olib qocha olmaydi. U hatto to'pni ko'rmagandi ham.

Bizda ham deyarli shunday vaziyat bo'ldi, ammo hakam vaziyatni ko'rmay qoldi. Hakamlar "Paxtakor"ga yordam berishlari shart emas, ular shundoq ham kuchli.

- Keyingi o'yinlarda ham bugungidek dastlab o'ynamaymiz, keyinroq o'ynaymiz degan holatlar bo'ladimi?
- Bugungi o'yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida to'liq tarkib bilan yig'ildik. Bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. Hozir biroz tanaffus bo'ladi. Balki bu tanaffus vaziyatni yaxshi tomonga o'nglanishiga yordam berar. "Andijon" haqida oldindan nimadir deyish imkonsiz. U erda har soatda o'zgarishlar bo'ladi. Bugun tushgacha o'ynamasligimiz kerak edi, tushdan keyin o'ynaydigan bo'ldik. Balki Andijonda investorlar topilar va hech bo'lmasa eng zarur narsalar uchun pul berilar.

Temur Usmonov bugun kamida 10 marta o'yindan tashqari holatda qolib ketdi? U har bir vaziyatdan keyin o'yindan uzilib qoladi. Himoyachilar o'z o'rnilariga borishguncha ulgurmay qolgandir", - deydi Viktor Kumikov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика