So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Viktor Kumikov: "Kimga qanaqa bilmadim-ku, o'yin menga yoqdi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Kimga qanaqa bilmadim-ku, o'yin menga yoqdi"

Bugun “Andijon” klubi o'z maydonida O'zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqichining 2-turida Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qildi.

O'yindan so'ng, “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Kimga qanaqa bilmadim-ku, lekin menga o'yin juda yoqdi. Hammasi yaxshi bo'ldi. Ko'plab vaziyatlarni yaratdik, ammo foydalana olmadik. Hattoki, ikkinchi golni ham urdik. Nimaga hisobga olishmadi, hayronman. Ko'rsatgan o'yinlari uchun hamma futbolchilarga rahmat aytaman. Barchasi maydonda harakat qilishdi. Superliga jamoasi bilan o'yinda yigitlarimiz biroz bo'lsa ham mahoratini ko'rsatishdi. Raqib esa birgina imkoniyatdan foydalanib ketdi. Mehmonlarga jiddiy hujum uyushtirishga imkon bermadik. 

Bir so'z bilan aytganda, uchrashuvni yaxshi o'tkazdik. Ko'rinib turibdiki, yigitlarimiz maksimal darajada harakat qildilar. Bundan keyingi uchrashuvlarimiz ham shunday o'tsa, hammasi yaxshi bo'ladi.

Men o'yindan qoniqdim, natijadan emas. Biz yutishimiz kerak edi. Bizga ochko muhim emas, eng asosiysi, guruhdan chiqdik. Mana shu natija. “So'g'diyona”ni “Yangier” bilan o'zaro o'yini bor. Agar o'sha o'yinda durang bo'lsa, biz birinchi o'rin bilan chiqamiz. Mabodo, “So'g'diyona” yutadigan bo'lsa, biz ikkinchi o'rin bilan chiqamiz. Har qanday holatda ham biz guruhdan chiqdik. O'zinglar ham hisob-kitob qilib ko'ringlar. Yoki bizni hali guruhdan chiqmadi, deb o'yladinglarmi?", -deydi Viktor Kumikov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика