Viktor Kumikov: "Bitta qo'pol xato qimmatga tushdi"
09 sen 2017 10:36
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Bitta qo'pol xato qimmatga tushdi"
Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Olmaliq” jamoasi ustozi Viktor Kumikov ishtirok etdi.
- Uchrashuvda gol ura olmasang, hatto durangga erishish ham og'ir. Bugungi uchrashuvda gol urish uchun vaziyatlar yarata olgan bo'lsakda, ammo buni uddasidan chiqa olmadik. Bugun himoyada bitta qo'pol xatoga yo'l qo'ydik va darvozamizdan to'p olib chiqdik. Bu xato bizga qimmatga tushdi. Umuman olganda, bugun o'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi. Albatta bunga tarkibimizdagi yo'qotishlar ham o'z tasirini o'tkazayapti. Lekin, bugun yutqazmasligimiz kerak edi. Safardagi o'yinlarda qulay imkoniyatlar ko'p ham bo'lavermaydi. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalana bilish kerak. “Nasaf” yaxshi shakllangan jamoa. Bu jamoa bilan safarda o'ynash juda og'ir. Klubda ajoyib sharoitlar mavjud. Masalan, o'z futbol maktabiga va tarbiyalanuvchilariga ega. Faqat, ikki nafar yaxshi va tajribali o'yinchini o'z safiga qo'shib olsa, bu jamoa yanada kuchayib ketgan bo'lardi.
Fikrlar