So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Navbahor" - "Surxon" 3:0 Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Navbahor" - "Surxon" 3:0

2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.

O'tgan yilgi Superliganing 5-turini "Navbahor" "Surxon"ga qarshi bahsni o'z stadioni tayyor bo'lmagani bois Farg'onada o'tkazgandi. Mavsum boshida termizliklar safiga "Navbahor"ning ko'plab futbolchilari ko'chib o'tishgandi, shu bois bahs prinicipial ahamiyat kasb etardi. 

O'yin davomida ikkala jamoa ham 75 daqiqa davomida gol ura olishmadi. SHu daqiqada Ivan Solovyovning uzatib bergan to'pini Obid Jo'raboev mehmonlar darvozasiga to'g'rilab qo'yadi - 1:0. 

89-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan so'ng Abbos G'ulomov oldinga o'tib to'pni sherigiga uzatdi, Azimjon Ahmedov jarima maydoniga kirmasdan turib erlatib zarba berdi - 2:0. 

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Mirzohid G'ofurovning chap qanotdan ajoyib reyd uyushtiradi va Aleksandr Kasyan osongina hisobni yiriklashtiradi - 3:0.


NAVBAHOR - SURXON - 3:0 (0:0)

21.04.2019. 5-tur. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 7122 tomoshabin.
Hakamlar:
V.Serazitdinov, A.Sidorov, T.Galeev, A.Rahimov.
Nazoratchi: S.Ermatov

Gollar:
1:0 - Jo'raboev Obid (Solovyov Ivan), 75
2:0 - Ahmedov Azimjon (G'ulomov Abbos), 89
3:0 - Kasyan Aleksandr (G'ofurov Mirzohid), 90+3

"NAVBAHOR": Yusupov O'tkir; Lukich Slavko; O'runov Oston (G'ulomov Abbos, 81); Ahmedov Azimjon; SHaymanov SHahzod (Tagaev Elman, 58); Solovyov Ivan (Ibragimov Aziz, 86); Kasyan Aleksandr; Jo'raboev Obid; G'ofurov Mirzohid; Isroilov Abdujamol; Mehmonov Jahongir.

"SURXON": Omonov Asilbek; Xojiakbarov Abduqahhor; Nomanov Ayubxon; Berdimurodov Rahmatullo; Salomov SHavkat (Xursanov Ravshan, 88); Ismoilov Abror; Bubanya Vladimir; G'ofurov Husniddin; Aliev Azam (Xoliqulov Ubaydullo, 90); Stanoevich Darko; Hakimov SHerzod (Yusupov Abdulaziz, 79).

Ogohlantirishlar: G'ofurov Husniddin, 5; Stanoevich Darko, 20; O'runov Oston, 51; Nomanov Ayubxon, 56; Omonov Asilbek, 65; Ahmedov Azimjon, 69; Jo'raboev Obid, 84. 


Video sportstat.uz saytidan olindi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика