Vidal "Inter" bilan shartnomani bekor qiladi, uning yangi jamoasi malum
06 iyu 2022 21:46
Yangiliklar
Vidal "Inter" bilan shartnomani bekor qiladi, uning yangi jamoasi malum
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal klub bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, futbolchi “Inter” bilan shartnomani bekor qiladi. SHartnomani bekor qilish uchun to'lov miqdori to'rt million evroni tashkil qiladi.
Futbolchining yangi jamoasi Braziliyaning "Flamengo" jamoasi bo'ladi. Vidal klub bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu hafta davomida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, so'ngra kelishuv haqida rasman elon qilinadi.
35 yoshli chililik futbolchi “Inter” safida 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U barcha musobaqalarda 70 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar