"Vest Xem" Rafinya uchun "Barselona" bilan raqobat uyushtirishga tayyor
06 may 2022 14:40
Yangiliklar
"Vest Xem" Rafinya uchun "Barselona" bilan raqobat uyushtirishga tayyor
"Vest Xem" "Barselona"ga "Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias uchun kurashda raqobat uyushtirishga tayyor.
Futbolchi yaxshi mavsum o'tkazmoqda, ammo "Lids"ning APLdagi kelajagi so'roq ostida, klub ligada qolish uchun kurashmoqda.
Oldinroq, "Barselona"ning o'yinchiga faol tarzda qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. Endilikda kurashga "Vest Xem" qo'shildi. London klubi braziliyalik futbolchi bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi edi, ammo bitim amalga oshmadi. Rafinyaning o'zi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni xohlashini qayd etdi.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar