So’nggi yangiliklar

21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  0 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  2 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  6 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  10 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1

Vesko Steshevich: "Dastlabki 25 daqiqalikni juda yomon o'tkazdik" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Dastlabki 25 daqiqalikni juda yomon o'tkazdik"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan OKMK - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuvni yomon boshladik. Dastlabki 25 daqiqa davomida jamoamiz umuman o'ziga o'xshamadi. SHu vaqtga kelib jamoamiz ozroq jonlandi. Biroq, mezbonlar darvozamizga to'p kiritib, kiyinish xonasiga hisobda oldinda bo'lgan holda kirib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi, hujumlar tashkil etdik. Ammo, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz mag'lubiyatga sabab bo'ldi.

- "Metallurg" odatda mavsumni yaxshi boshlar edi. Bu yili esa hozirgacha atigi 5 ochko jamg'ara oldi xolos. Buning sababi nimada?

- Albatta, bu haqiqat. Hozir bizning natijalarimiz hech kimni qoniqtirmaydi. Balki omad etishmayotgandir. Biz kamchiliklar ustida ishlab, natijalarimizni yaxshilash uchun harakat qilamiz.

- Bekobodlik muxlislarga aytar so'zingiz bormi?

- Men muxlislarni tushunaman. Bu kabi natijalar ularga yoqmasligi aniq. Bugun ham mag'lub bo'ldik. Natijalarimiz juda-juda yomon. Biroq, bu futbol va biz ishlashda davom etamiz. Oldindagi o'yinlarga jiddiy tayyorlanib, muxlislarimizga kutilgan g'alabalarni taqdim etmoqchimiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика