So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Vengerga nasib etmadi yoxud "Arsenal" mag'lubiyatining 3 sababi Yangiliklar

Vengerga nasib etmadi yoxud "Arsenal" mag'lubiyatining 3 sababi

Teglar :  Arsenal
Kecha tunda Evropa ligasi finalchilari aniqlandi.

Unga ko'ra, "Atletiko" va "Marsel" turnir g'olibligi uchun kurash olib boradi.

Bilasiz, bu mavsumdan keyin Arsen Venger o'z postini tark etadi. SHu boisdan "Arsenal" uzoq yillik murabbiyini xursand qilib jo'natishni niyat qilgandi. Biroq bunday bo'lmadi. Xo'sh, nima uchun "Arsenal" mag'lubiyatga uchradi?

3. "ARSENAL" TO'P BILAN KO'P BO'LDI, BIROQ KREATIVLIK ETISHMADI

Qachonki bir jamoa to'pni o'zida ko'p ushlab tursa, ular ko'proq vaziyat yaratishi kerak, aslida mantiq shunday. To'pni o'zida ushlab turish - g'alaba degani emas. Yarim finalning ilk uchrashuvi esa "Arsenal" uchun saboq bo'lishi kutilgandi. Jamoa 76 foiz vaqt davomida to'p bilan bo'ldi, yakunda durang bilan kifoyalandi. Safardagi uchrashuvda 55 foiz vaqt davomida to'p bilan harakatlanishdi. Ammo birinchi o'yin jamoa uchun dars bo'lmagani ko'rindi.

Bahs davomida "Arsenal" oldida yo'llar paydo bo'lgandi, biroq "kanonirlar" kreativlikdan qochishdi. Mehmonlar ko'proq vaqtni hujumda o'tkazgan bo'lsa-da, vaziyatlar yarata olishmadi. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, "Arsenal" butun bir 90 daqiqalikda birgina aniq zarba yo'llay olganining guvohi bo'lamiz.

Hatto Mxitaryan va O'zilda ham g'oyalar etishmadi. "Arsenal"ning to'p bilan muomalasi jamoa uchun foydaga xizmat qilmadi.

2. MUDOFAADAGI XATOLIKLAR

Birinchi o'yin natijasidan keyin "Arsenal"ni falokat kutayotgani aniq edi. Himoyadagi kichik muammolar sababli o'yin durang bilan yakunlandi. Grizmann jamoasining yaratgan kam sonli vaziyatlaridan birini samarali yakunlagandi.

"Vanda"da esa "kanonirlar" bir bor zarba berishdi, ilk bahsdagi kabi ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishmadi. To'pni ko'p ushlab turgan bo'lishsa-da, raqib "Atletiko" ko'proq hujum qildi va "Arsenal"ning himoyasidagi muammolarni ko'rsatib berdi. SHunda ham madridliklar faqatgina bir gol kirita olishdi.

Grizmann sherigi Diego Kostaga pas bergan vaziyatda Mustafi va Belerinning o'rtasida "katta yoriq" bor edi. Grizmann bundan ustalik bilan foydalandi. "Yoriq" tufayli darvoza ishg'ol etilguncha Kostaga hech kim qarshilik ko'rsata olmadi. Aslida Nacho Monrealning tanlagan poziciyasi katta xatolik bo'lgandi. Yakunda shunday kichik yoki katta detallar o'yin taqdirini hal qildi.

1. RAQIB JARIMA MAYDONIDAGI NOANIQLIKLAR


"Arsenal" raqib jarima maydonigacha etib borsa ham, "quti"ning ichida ko'p bora noaniqliklarga yo'l qo'ydi. Vaziyatni muvaffaqiyatli yakunlash uchun variantlar etarlicha bo'lgandi.

5-daqiqadayoq shunday voqeaning guvohiga aylandik. O'shanda Lyakazet qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'p oshirib berdi. Ammo to'pni darvozaga kiritadigan futbolchi topilmadi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan Monreal jamoadoshi CHembersdan to'pni qabul qilib oldi, biroq u eng yomon variantni tanladi: Lyakazetga to'pni aniq etkazib bera olmadi. Ayrim pallalarda franciyalik futbolchiga raqib himoyachilari imkoniyat bermadi, bazi paytlarda esa londonliklarning o'zlari noto'g'ri qaror chiqarishdi. Bahs davomida "Arsenal" ko'plab noaniqliklarga yo'l qo'ydi. SHu boisdan jamoa g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatmadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика