So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  2 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  2 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

Venger va Fergyuson: eng yaxshi do'stlar Yangiliklar

Venger va Fergyuson: eng yaxshi do'stlar

Arsen Vengerning "Arsenal"dan ketishi borasidagi xabar ko'pchilik uchun kutilgan xabar bo'ldi.

"Arsenal"ning ayrim muxlislari bundan xursand bo'lib, "Nihoyat" deyishdi. Jurnalistlar esa uning ketishi borasidagi o'z fikrlarini bildirishdi. Ko'plab maqolalar chop etishdi.

Ian Rayt "Arsenal" Arsen Venger istefoga chiqarilmasdan, uni chiroyli tarzda ketkazib yuborishni o'ylashi kerakligini aytmoqda. Qachonki, bir o'qituvchi 10 yil oldin nafaqaga chiqishi kerak-u, biroq u bunga qo'rqib, yana ishlab, shogirdlarini oltin medal sari etaklagan inson bilan chiroyli tarzda xayrlashishni ham bilish kerak. U o'z kasbida sidqidillik bilan ishladi.

Kulgili va og'ir holat. Og'irligi shundaki, Arsen shakllantirgan jamoaning 2000 yillar boshida qanday darajada bo'lganligini eslang. Ser Aleks faoliyatini yakunlashi aniq bo'lganida, Arsen MYUni boshqarish uchun asosiy nomzod qilib ko'rsatilgandi. Biroq u "Arsenal"da rejalar va loyihalar o'ylab qo'ygani bois, rad javobini berdi.

O'yinlar, janglar, janjallar. "Urushlar hayot uchun emas, o'lim uchun bo'ldi". Venger ilk mavsumidanoq, murabbiylar bilan "jang" qilishni boshladi.


Venger Fergyuson uchun qizil bog'ich kabi edi, Fergyuson Venger uchun ham shunday bo'ldi. Ular futbol erining har bir qarichi uchun kurashishdi: chempionatda ham, kubokda ham. Ular har bir kunda, har bir vaziyatda johillik bilan, bir biriga qarshi qahramonlarcha kurashishdi. 2003 yilning 21 sentyabridagi "Old Trafford"da bo'lgan jangni eslang. "Arsenal"ning oltin chempionligi...

"Van Nistelroy ham yordam bera olmadi. U har doim izlanardi", - Arsen Venger.

Endi keyingi mavsumdagi bahsni kim eslay oladi? Rud van Nistelroy ruhiy tomondan ancha tozalanib olgani, 19 yoshga kirgan kunida Ueyn Runining urgan goli ("Meni hech kim tug'ilgan kunim bilan tabriklamadi, o'zimni o'zim tabriklayman")... O'sha vaqtda yosh bo'lgan Sesk Fabregasni Ser Aleks jamoasi picca bo'laklaridek "eb tashlashgandi".

"Ularning o'zini tutishi... Bundan yomonini ko'rmaganman. Ular suvdan quruq chiqdilar", - Ser Aleks Fergyuson.

Keyin nima bo'ldi? Hech kim bilmaydi.

"Kanonirlar" har doim kuchli to'rtlikda bo'lishardi va yana chempionlikka erishishdi. Venger va Fergyuson - Premer-ligani o'z qo'llarida ushlab turadigan ikki atlant bo'ldi. Undan o'tadiganlar esa topilmadi.

Yosh Joze Mourino "CHelsi"da ishlab yurgan vaqtlaridayoq hurmatga erisha oldi, jamoasini elkasiga ko'tardi. Uni oldinga boshlaydigan inson kerak edi, Ser Aleks shunday qildi. Venger ham unga ayrim ishlarni tushuntirdi, biroq ayrim odatlarini o'rgatmadi. SHu erda ham aynan ular deyarli bir xil vazifani bajarishdi.

Keyinchalik CHempionlar ligasi degan ushalmas orzu yana sarobga aylandi. 2006 yil ECHL finalida Yens Lemanga ko'rsatilgan qizil kartochka, Vieyra, Bergkamp va Anrining o'zini ko'rsata olmaganligi... "Arsenal" mag'lub bo'ldi.

"Siti" paydo bo'ldi, ular "kanonirlar"dan ustunroq bo'lish uchun transferlar uchun katta mablag' sarflashdi. Futbolchilar medallar va sovrinlardan umid qilmay qo'ydi. Francuz esa o'z tarbiyalanuvchilari, yangi stadionga ishondi.

Menejerlar o'rtasidagi munosabat uzoq muddatlik bo'lmadi. Sabab? Ser Aleks jamoasi "Arsenal"dan ustun bo'lgan.

2011 yilgi (8:2) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida shotlandiyalik murabbiy bunday hisobni xohlamaganligini aytgandi.

"U bunga loyiq emasdi", - Ser Aleks Fergyuson.

Odatda kuchli jamoalar bunday hisoblar bilan asosan juda ojiz, kuchsiz raqiblarni yutardi.Haqiqatdan ham, Arsenning “Arsenal”i kuchli jamoa edi.

"Biz uzoq yillardan buyon bir klubda ishlamoqdamiz. Klubda ishlaydiganlar bir necha oydan keyin ishdan ketadi. Faqatgina ikkimiz qoldik. Bir kun kelib, quyosh botadi va kech tushadi", - Ser Aleks Fergyuson.

O'tgan yilning dekabrida Venger APLda o'yin o'tkazish borasida Fergi bilan tenglashib oldi. SHotlandiyalikda 810 o'yinligicha qolib ketdi, Venger esa yana ishladi. Fergyuson ishdan ketganda farq shunday edi: 772-810. U "Yunayted" bilan 20 sovrin yutdi, keyinchalik van Persiga ham sovrinlar qo'lga kiritishda yordam berdi.

"SHunday buyuk insonning raqibi bo'lganimdan mamnunman", - Ser Aleks.

SHotlandiyalik nafaqaga chiqqanidan keyin ushbu sog'lom raqobat o'z yakuniga etdi. Endi esa Venger ham ketmoqda. Ular buyuk murabbiylar bo'lib qolishadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика