Varan: “Real”dan ketganimga afsuslanmayman”
04 mar 2022 09:15
Yangiliklar
Varan: “Real”dan ketganimga afsuslanmayman”
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varandan “Real”dan ketgani haqida so'raldi.
“Bundan afsuslanmayman. Men uchun bu yangi chaqiruv, muvaffaqiyatga erishishda davom etish, o'zimni qayta kashf etish, o'zgarish. Qulay zonada qolish emas, balki o'zligingizni topganingiz yaxshiroq.
O'zimni kundan-kunga zo'r his etmoqdaman. Mavsum boshida muammolarim bor edi, ammo hozir hammasi joyida. O'zimni tobora erkin his etmoqdaman. Ayni dam ingliz tilida ham yaxshiroq gapira boshladim, bundan tashqari jamoadoshlarim bilan tanishib oldim.
Mavsumning hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqdamiz, barcha bo'lajak sinovlarga tayyor turishi lozim”, deydi Varan.
Fikrlar