Varan MYU va PSJdan birini tanladi
23 apr 2021 18:00
Yangiliklar
Varan MYU va PSJdan birini tanladi
Franciyalik himoyachi Rafael Varan tez orada Madridning "Real" klubidan ketishga yaqin.
Futbolchida "Manchester Yunayted" va PSJdan takliflar bor edi. Rafael ulardan "qizil iblislar"ni tanladi.
Himoyachi 2011 yildan beri "qirollik klubi"da o'ynaydi. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Varan joriy mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar