Van Gal: "Levandovski va Milikka qarshi o'ynaganda gol o'tkazib yubormaslik yaxshi"
23 sen 2022 10:31
Yangiliklar
Van Gal: "Levandovski va Milikka qarshi o'ynaganda gol o'tkazib yubormaslik yaxshi"
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Polshaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu biz uchun jiddiy sinov edi. CHunki biz Levandovski va Milik kabi top hujumchilari bor terma jamoaga qarshi o'ynadik. Ushbu sinovdan juda yaxshi natija bilan o'tdik. O'yinimizdan juda mamnunman. Men istaganimdek o'ynadik va o'yinni nazorat qildik.
Men futbolchilarga nafaqat bizning darvoza tomonda, balki raqib darvozasi tomonidan ham bosim qilishlarini istashimni aytgandim. Ular buni uddalashdi.
Himoyada ko'rsatgan o'yinimizdan ham xursandman. Levandovski va Milikka qarshi o'ynaganda gol o'tkazib yubormaslik yaxshi holat", - dedi Lui van Gal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar