Van Deyk: “Liverpul” o'yinchisiga aylanishimdan xursandman va bundan faxrlanaman”
28 dek 2017 01:24
Yangiliklar
Van Deyk: “Liverpul” o'yinchisiga aylanishimdan xursandman va bundan faxrlanaman”
Yaqin vaqtlar ichida 85 million evro evaziga “Sautgempton”dan “Liverpul”ga ko'chib o'tadigan himoyachi Virjil van Deyk ushbu transferga o'z munosabatini bildirdi.
“Men “Liverpul”ga o'tayotganimdan xursandman va bu jamoa bilan faxrlanaman! Bugun men va mening oilam uchun muhim kun. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga o'tmoqdaman. Ilk marta qizil futbolkani kiyib maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutayapman. Yaqin yillar ichida men ushbu jamoaning g'alabalariga o'z ulushimni qo'shmoqchiman.
Fursatdan foydalanib, “Sautgempton” rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar barcha-barchasiga minnatdorchiligimni bildiraman. Menga Premer ligada to'p tepish imkoniyatini taqdim etgan ushbu klubdan doim qarzdorman.Og'ir kechgan so'nggi oylarga qaramay, men “Sautgempton”dan o'tkazgan davrimdan lazzatlanganman va bu jamoadan abadiy do'stlarimni topganman”, deya takidladi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
15:11
Saudiya Arabistoni klubi Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda, ushbu klubga van Deyk ham qiziq 1
Fikrlar