Van Basten: “Barsa” de Yongga qilayotgan munosabatidan Kroyf uyalgan bo'lardi”
17 avg 2022 09:30
Yangiliklar
Van Basten: “Barsa” de Yongga qilayotgan munosabatidan Kroyf uyalgan bo'lardi”
Niderlandiya TJ sobiq forvardi Marko van Basten Frenki de Yongning “Barselona”dagi holatiga haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, klub futbolchini sotmoqchiligi yoki maoshini qisqartirgan holda jamoada olib qolmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. MYU va "CHelsi" uni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilayotgan edi.
“Menimcha, “Barselona”ning Frenkiga qilayotgan munosabati Yoxan Kroyfni uyaltirgan bo'lardi. Fikrimcha, klub standartlari futbolchinikidan ancha past”, deydi van Basten.
25 yoshli xavbek 2019 yil “Ayaks”dan kataloniyaliklar safiga borib qo'shildi. Hozirgacha u 138 bahsda qatnashib, 13+17 natijaga erishdi.
Fikrlar