Valverde: “Ueska” bilan o'yindagi natijadan mamnunman”
14 apr 2019 08:37
Yangiliklar
Valverde: “Ueska” bilan o'yindagi natijadan mamnunman”
“Biz ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik va bir qator futbolchilar bugun asosiy jamoada debyut o'yinni o'tkazishdi. Bu borada mamnunman. Biz ko'plab vaziyatlarni yaratishga urindik va bundan xursandman. Tarkibmizda yangi futbolchilar to'p tepishdi. Albatta o'yin oson kechgani yo'q. Ammo qachondir shunday qadam tashlashimiz lozim edi. SHuningdek, qanot himoyachilari bilan bog'liq muammolar tufayli taktik sxemani ham o'zgartirishimizga to'g'ri keldi. Alba yoki Semeduni bahsga qo'shilishini istamadim.
Bahs teng kurashlar ostida kechdi. Raqib to'pga egalik qilishi bilan uzun paslar orqali tezkor harakatlarni amalga oshirishini bilardik. Agar o'tgan turda “Atletiko”ni mag'lub etmaganimizda, bugun boshqa tarkib maydonga tushgan bo'lardi va hisob ham boshqacha bo'lishi aniq edi”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar