Valverde jamoaning mavsumdagi ilk o'yiniga baho berdi
29 iyu 2018 13:19
Yangiliklar
Valverde jamoaning mavsumdagi ilk o'yiniga baho berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde XCHK doirasida "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinning ko'plab vaziyatlari menga yoqdi. Jamoa birinchi bo'lim davomida engil harakat qildi, futbolchilar yosh bo'lsa ham raqiblariga etarlicha muammolar keltirib chiqardi. Ikkinchi bo'lim esa shuning teskarisi bo'ldi.
Mavsumdagi ilk o'yini bo'lsa ham jamoamdagilar penaltilar seriyasida sovuqqonlikni saqlab qolgani ham yaxshi sifat. Umuman olganda o'yindan yaxshi tasavvurlar oldim. Kamchiliklarni to'ldirishga harakat qilamiz", - dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar