So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Vali Keldievvv... Ha-aaaaa.... Pyotr Gizimchuk! Yangiliklar

Vali Keldievvv... Ha-aaaaa.... Pyotr Gizimchuk!

Uzoq kutilgan kun ham etib keldi, bugun qashqadaryolik muxlislar oliy liga tarixida ularga ilk g'alabalarni taqdim etgan yulduzlar bilan uchrashadilar.
Husan aka Temirovning sharhlari yodingizdami. Keling bir eslaylik.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Nasaf" Markaziy o'yingohiga ko'plab futbol ishqibozlari tashrif buyurgan. Ular orasida qo'shni Buxorodan, Surxandaryodan ham ming-minglab ishqibozlar bor. Hozir to'p bilan Vali Keldiev. Keldiev to'pni Ro'ziqul Berdievga oshirdi, Ro'ziqulning Zarbasiiiiii, ha-aaaaaa. To'p shundoqqina darvoza ustunining oldidan o'tib ketdi. To'p bilan yana "nasafchilar"... Zafar Xolmurdov hozir hisobni ochishi mumkin edi. Endi "paxtakor"chilar to'p bilan oldinga kelyaptilar, Nematullo Quttiboevning zarbasi, zarba-aaaa... Pyotr Gizimchuk qoyilmaqom tarzda darbozasini goldan saqlab qoldi....

Ajoyib sharhlar bilan TV qarshisida futbol ko'rar edik. Bugun Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlab o'tkazayotgan akciyamizning birinchi qismi, Qarshidagi "Geolog" stadionida bo'lib o'tadi. Allaqachon "Nasaf" jamoasining 2004-06 yillarda to'p tepgan futbolchilari Qarshida to'planib bo'ldilar. Biz ham yo'lga otladik, nasib qilsa sizlar bilan o'sha erda uchrashamiz! Bugun ajoyib kun, bugun hamma "Geolog"ga!

Ha, aytgancha, hisob raqamlarini yodingizga solib qo'ysak:

Hisob raqam: 20206000100000194000
 Bank kodi: 00194
 Bank nomi: DAT Asaka bank Qashqadaryo filiali

Murojaat uchun telefonlar: +99895-505-11-17, +99890-988-67-55
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика