So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Vali Keldiev: “Hakamlarning xatosi bizning jamoa foydasiga ham bo'lsa yaxshi edi” Yangiliklar

Vali Keldiev: “Hakamlarning xatosi bizning jamoa foydasiga ham bo'lsa yaxshi edi”

PRO-Liganing 6-turida kutilmagan natija G'uzorda qayd etildi.

Boisi o'tgan turda “Andijon”ni o'z uyida mag'lub etib qaytgan “SHo'rtan” bu safar endi o'z maydonida “Norin”ga imkoniyatni boy berib, ko'pchilikni ajablantirdi. Sababi Vali Keldiev boshqaruvidagi “Norin” jamoasi bungacha chempionatda g'alaba nima ekanligini bilmay kelayotgandi. Haqqulobodliklarning ilk g'alabasidan so'ng bosh murabbiydan saytimiz uchun intervyu oldik.

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa ham uchrashuv davomida bir qator hujumlar sodir etdi. Ammo yakuniy hisob “Norin” foydasiga hal bo'ldi – deya gap boshladi Vali Norpo'latovich.

- “SHo'rtan” ham yaxshi jamoa. O'tgan turda g'uzorliklar safarda “Andijon”ni mag'lub etganini yaxshi bilardik. SHunga monand yigitlarni tayyorladik. Ochig'ini aytganda, “SHo'rtan”dan kuchliroq o'yin kutgandim. Ammo negadir ularning o'yini ko'ngildagidek chiqmadi, nazarimda. Balki avvalgi turda ko'proq kuch sarflashgandir.

- SHogirdlarimni o'yinga ruhan tayyorlash bo'lmadi. CHunki bilasiz bungacha g'alaba qozona olmasdan kelayotgandik. Ularga har bir o'yin qiyin kechishini lekin xarakat qilinsa har bir jamoadan ochko tortib olish mumkinligini uqtirdim. “SHo'rtan”ga qarshi bahsda yigitlar berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi.

- Umuman olganda, har uchrashuvda futbolchilarim yomon xarakat qilmayapti. O'sha ochko yo'qotgan o'yinlarimizni oladigan bo'lsak, ko'pincha hakamlarning xatolari evaziga jabr chekdik. Xususan o'z maydonimizda “Istiqlol”ga qarshi bahsda birgina noto'g'ri penalti o'yin taqdirini hal etib qo'ydi To'g'ri, bu xayotda hamma inson xato qiladi. Afsuski hakamlarning xatolari hozircha faqat raqiblarimiz foydasiga bo'lmoqda. Istardimki, ularning xatolari bizning jamoa foydasiga ham bo'lishini.

- Endi keyingi turda “Orol”ga qarshi bahs olib boramiz. Nukusda doim yaxshi jamoa shakllangan. Ularning yigitlari har safar oxirigacha kurashadi va o'yini qovushsa istalgan jamoadan ochko tortib olishi ham mumkin.

- SHogirdlarimga ham ko'p bor takidlayapman, hozir hech bir o'yin oson o'tmaydi. Kuchli va kuchsiz degan tushuncha bo'lmasligi kerak. Futbol aslida shunisi bilan qiziq – deydi “Norin” bosh murabbiyi Vali Keldiev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика