Valeriy Karpin: “Birinchi taymni raqibga berib qo'ydik”
09 mar 2014 11:09
Yangiliklar

Valeriy Karpin: “Birinchi taymni raqibga berib qo'ydik”
Kecha Rossiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan bahslarga start berildi.
"Spartak” safarda “Terek” mehmoni bo'lib, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yindan keyin moskvaliklar ustozi Valeriy Karpin o'z fikrlarini aytib o'tdi:
“Birinchi taymda umuman o'yin qovushmadi. Go'yoki birinchi bo'limni raqibga berdik-qo'ydik. Qolaversa, “Terek” juda zo'r harakat qildi. Ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq ko'rindik va “Terek” butunlay himoyaga yotib oldi. Natijada ularning darvozasiga to'p kiritish bizga og'ir bo'ldi”.

Fikrlar