So’nggi yangiliklar

16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  0 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  1 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   1 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  2 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  4 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  11 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  10 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   35 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  8

“Valensiya” – “Real Madrid” 2:1. Mikst-zona Yangiliklar

“Valensiya” – “Real Madrid” 2:1. Mikst-zona

La-liganing 16-turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvda kecha “Real Madrid” safarda “Valensiya”ga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu bahsda “qirollik klubi” raqiblariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yindagi omadsiz natija haqida “qirollik klubi” futbolchilari o'z fikrlarini bildirishdi.

Serxio Ramos

“Mag'lubiyatdan so'ng har xil xulosalar chiqarish oson, lekin xotirjamlikni saqlab qolish kerak, chunki kecha jamoa munosib o'yin ko'rsatdi. Albatta, biz yoqimsiz va og'riqli mag'lubiyatdan jabrlandik. Turnir jadvalida bizni taqib qilib kelayotgan jamoalardan biroz bo'lsada uzoqlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardik. Lekin buni esdan chiqarib keyingi o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak. “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda juda ham zich o'yin bo'ldi, ushbu bahsda ochko ololmaganimizdan juda ham afsusdaman. G'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik, yuqori pressingni sinab ko'rdik. Lekin birinchi bo'limdagi 10 daqiqa ichida yo'l qo'yilgan 2ta xatoni to'g'irlay olmadik. “Valensiya”ni qaerda turgani muhim emas, asosiysi barcha jamoalar bizga qarshi so'nggi jangga chiqayotgandek harakat qilishadi”, - deydi Serxio Ramos.


Kazemiro

“Biz “Valensiya”ga qarshi uchrashuvning 10 daqiqasini boy berdik. Raqibimiz bizga qaraganda uchrashuvni yaxshi boshlay oldi. O'yindagi vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik, afsuski bu safar omad biz tarafdan yuz o'girdi. Nima ham derdim, uchrashuv avvalida o'yinga kirishib ketishimiz kerak edi. La liga – juda ham kuchli musobaqa, unda 1 daqiqalik xotirjamlikka berilsangiz raqiblar kechirishmaydi. Albatta, biz hozir mag'lubiyatdan biroz ranjiganmiz, raqibilarmiz oldida o'z ustunligimizni biroz yo'qotib qo'ydik. Lekin xotirjamlikni saqlab qolgan holda o'z ustimizda ko'proq ishlashimiz kerak. Biz La ligada etakchi bo'lib qolamiz, ayni damda “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, ushbu bahs shunchaki oson bo'lmaydi”, - deydi Kazemiro.

Marselo

“Biz uchrashuvni juda ham yomon boshladik va nima bo'lgan bo'lsa barchasiga o'zimiz aybdormiz. O'yin avvalidagi 10 daqiqa ichida yo'l qo'yilgan xatoni to'g'irlash uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qildik, afsuski buni uddalash qo'limizdan kelmadi. SHunga qaramay hozir ham biz musobaqa jadvalida etakchi bo'lib turibmiz. SHunday bo'lsada vahimali sababni ko'rmayapman. SHuning uchun ham "Valensiya”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan o'zimizga kerakli bo'lgan xulosani chiqarishimiz kerak. Qolgan o'yinlarni bunday boshlab bo'lmaydi. “Valensiya” juda ham yaxshi jamoa. Hozir u yomon vaziyat haqida qayg'uraversin, lekin “Mestalya”da o'yin o'tkazish juda ham qiyin. Biz raqib jamoa tomonidan kuchli bosimni his qildik, shuningdek tribunadagi bosimni ham.



Dani Karvaxal

“Valensiya”ga qarshi chiroyli o'yin o'tkazdik, uchrashuvning katta qismini raqib jamoa jarima maydoni oldida o'tkazdik. Biz mashina emas insonlarmiz, shu bois yomon start yaxshi o'yinni barbod qilishi mumkin. Bu futbol, unda mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. SHunday bo'lsada biz musobaqa jadvalida etakchi bo'lib qolaveramiz. Istalgan klub bizning o'rnimiz bilan o'zining egallab turgan o'rnini almashishi mumkin. Musobaqa jadvalida bizni taqib kelayotgan jamoalardan yanada uzoqroq qochib ketish imkoniyatini qo'ldan chiqarganimiz albatta achinarli. Ayni damda eng muximi “Vilyarreal”ga qarshi uchraga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bu haqiqiy jang bo'ladi va biz g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz”, - deydi Dani Karvaxal

realmadrid.ru saytidan Jahongir Sotvoldiev tarjimasi.   

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика