Valdes Aguerodan havfsiramoqda
12 mar 2014 21:46
Yangiliklar


Valdes Aguerodan havfsiramoqda
“Barselona” darvozaboni Viktor Valdes jamoadoshlariga “Siti” xujumchisi Serxio Agueroni diqqat bilan qo'riqlash zarurligini tayinlamoqda.
Bugun “Barselona” va “Manchester Siti” jamoalari o'rtasida UEFA chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Birinchi bahs 2:0 xisobida “Barselona” foydasiga hal bo'lgan edi.
O'sha o'yinda “shaxarliklar” xujumchisi Serxio Aguero jarohati sababli maydonga tusha olmagan edi. Endi esa argentinalik xujumchi safga qaytgan. Valdesning fikricha esa u ispaniyalik ximoyachilarga etarlicha bosh og'riq bo'ladi.
Takidlab o'tish lozimki, Aguero “Atletiko”da to'p surib yurgan vaqtida “Barselona” darvozasiga 10 ta o'yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
" 2:0 – yahshi natida. Lekin bu bo'shashishimizga asos bo'la olmaydi", - deb aytib o'tdi Valdes The Guardianga bergan intervyusida.

Fikrlar