So’nggi yangiliklar

22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  3 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  79 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11

Vadim Abramovning ro'yxatiga kira olmagan besh futbolchi Yangiliklar

Vadim Abramovning ro'yxatiga kira olmagan besh futbolchi

O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati elon qilingan edi.

Ro'yxatga etibor beradigan bo'lsak avvalgi yig'inga jalb qilinganlar orasida katta farqni ko'rmaymiz. Ajablanarli tomoni muntazam termaga taklif qilinib kelayotgan Eldor Suyunov avvalgi yig'inlarda ishtirok etgan Jasur Yaxshiboev galdagi o'rtoqlik uchrashuvlariga taklif etilmadi. Albatta, har qanday holatda ham bosh murabbiyning qaroriga hurmat bilan qarash lozim. Lekin, so'nggi turlarida jamoasi safida harakat qilayotgan futbolchilarning o'yinidan kelib chiqib bu borada o'z fikrlarimizni bildirishga qaror qildik.

O'tkir Yusupov (“Navbahor”) – Namanganliklar posboni hisoblangan O'tkir Yusupov ushbu mavsum o'z jamoasi safida barqaror va ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Garchi “Navbahor” bu yil Superligada muvaffaqiyatli ishtirok eta olmayotgani bo'lsada Yusupovning o'yinida o'sish borligini ko'rishimiz mumkin. Joriy yildagi statistikasi esa quyidagicha ko'rinish olgan 20ta uchrashuvda o'z darvozasidan 15ta to'p olib chiqdi, 9ta quruq o'yin o'tkazdi va jamoasining ikki goliga assistentlik qildi. To'pga nisbatan reakciyasi tezligi va jamoaning hujumini boshlay olish qobiliyati Yusupovda yaxshi shakllangan. Fikrimizcha u milliy jamoaning ushbu yig'iniga chaqirilishga munosib edi.

Nurillo To'xtasinov (“Bunyodkor”) – Vadim Abramovning terma jamoaga “Bunyodkor”dan ko'p o'yinchi olayotganligi muxlislarning tanqidiga sabab bo'lmoqda. Lekin, har qanday murabbiy ham o'zi bilgan, tanigan va ishongan futbolchilarga tayanishni maqul ko'radi. Bunday holat avval terma jamoada ishlagan murabbiylarda ham ro'y bergan. Biroq, “Bunyodkor”ning bu mavsumdagi g'alabalarida jamoa yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovning hissasi katta bo'lmoqda. Uzoqdan yo'llanadigan ajoyib zarbalar, kutilmagan nostandart qarorlarga ega To'xtasinovni ham terma jamoaga chaqirilishi kutilgandi. Futbolchi hozirda 9ta gol bilan jamoasining to'purarlar qatorini boshqarib turibdi. Abramov esa buni yarim himoyachining nuqtasida raqobat va tanlov imkoniyati kengligi bilan bog'ladi.

Jasur Yaxshiboev (“SHaxtyor”) – Belarus chempionatida javlon urayotgan, raqiblar darvozasiga qator gollarni taxlayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev terma jamoaning bu galgi yig'inidan chorlov olmadi. Buning sababi esa Abramovning o'zigagina ayon. CHunonchi, “SHaxtyor”ning so'nggi uchrashuvlarini inobatga oladigan bo'lsak Yaxshiboev ham milliy jamoaga chaqirilishga loyiq o'yin ko'rsatayotgan edi. "Belshina" - "SHaxtyor Soligorsk" uchrashuvida o'zbekistonlik futbolchi xet-trik qayd etdi. Belarus chempionatida 16 golini urgan Yaxshiboev to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda ketmoqda.

Ikrom Aliboev (“Seul”) – O'zbekiston milliy terma jamoasining eng kuchli chizig'i yarim himoya hisoblanadi. Barcha davrlarda ushbu nuqtada raqobat yuqori bo'lib kelgan. Hozirda ham shunday vaziyat yuzaga kelganini ko'rishimiz mumkin. Texnik jihatdan kuchli Ikrom Aliboev ham Suriya va Iroq bilan o'rtoqlik o'yinlariga taklif qilinmadi. Oxirgi vaqtlarda o'z jamoasida barqaror to'p tepa olmayotgan bunga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

SHoxruz Norxonov (“So'g'diyona”) – Texnik jihatdan tezkor hujumchi SHohruz Norxonov oxirgi turlarni yaxshi o'tkazmoqda. Oraliqda malum vaqt jarohatini davolagan futbolchi yana o'z sport formasiga qaytdi. “Buxoro” bilan o'yinda dubl qayd etdi, statistikasi ham chakki emas 19ta o'yinda 10ta gol. Norxonovdagi kreativlik unga qanot va markazda erkin harakat qilish imkonini beradi. SHuningdek ortga qaytgan holda jamoadoshlarini to'p bilan qo'llab-quvvatlay oladi. Jasur Hasanov va SHohruz Norxonov birgalikda ajoyib mavsumni o'tkazmoqda.

Albatta, terma jamoaga kimni chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyning ishi, bizni bu borada etirozimiz yo'q. Ammo, oxirgi turlarda jamoalarning o'yinlarini kuzata turib yuqoridagi fikrlarni bildirishni lozim topdik.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика