So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Vadim Abramov: “Jahon chempionati sabab oliy ligaga etibor yuqori emas” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Jahon chempionati sabab oliy ligaga etibor yuqori emas”

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Buxoro” bahsida maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yindan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo'lchilar” ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

-   Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, harakatlarimiz muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Lekin hamma hozir tushkun kayfiyatda, chunki jamoamizning yosh azosi Aleksandr SHadrin bevaqt olamdan ko'z yumdi. Bu esa baribir yigitlarning o'yiniga tasir qilmay qolmadi. SHu bois o'yinga ruhan tayyorlanish qiyin kechdi.
 
-   Hammamiz o'zbek futboli rivoji uchun ishlayapmiz. Lekin jahon chempionati bo'layotgan bir paytda bizda oliy liga va Kubok bahslari o'tkazilishiga qanday qaraysiz?
-   Albatta, jahon chempionati yakuniga etganidan so'ng chempionatning qolgan qismi davom ettirilsa yaxshi bo'lardi. Oldimizda “Paxtakor” bilan bo'ladigan Kubok o'yinlari turibdi, bu o'yinlarga qiziqish hozir unchalik zo'r bo'lmasa kerak, chunki hammaning etibor jahon chempionatiga qaratilgan. Ammo PFL tomonidan taqvim tuzib bo'lingan va shu taqvim asosida o'ynashga majburmiz.

-   Davralar oralig'idagi o'zgarishlar haqida aytib o'tsangiz?
-   Artyom Filiposyanning safimizga kelib qo'shilishi aniq. Boshqa o'yinchilar taqdiri esa yaqin kunlarda hal bo'ladi. 14 iyul kuni Avstriya yig'iniga borishni mo'ljallab turibmiz va u yoqda 28 iyulgacha bo'lamiz.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика