Vadim Abramov: "To'rt oy o'tdiki, maosh olmadik. Shak-shubhasiz bu og'ir"
06 mar 22:45
Yangiliklar
Vadim Abramov: "To'rt oy o'tdiki, maosh olmadik. Shak-shubhasiz bu og'ir"
- Birinchi bo'limni yaxshi boshladik va omadimiz kelib, ikkita gol urib oldik. O'yinni birinchi taymning o'zida ham tugatib qo'yishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimiz chiqmadi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin esa validol o'yin bo'ldi. Omadimiz kelib, g'alabaga erishdik. "Bunyodkor"ga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Biz esa keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorlanishimiz kerak. Chunki ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz bo'lsa, ko'plab muammolarga yo'liqishimiz aniq.
- Ikkinchi bo'limda jamoaga nima bo'ldi? "Bunyodkor" tashabbusni qo'liga oldimi yoki "Dinamo" futbolchilari ruhan natija uchun o'ynashga harakat qildimi?
- Yo'q. O'zgarishlar muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Bu mening aybim, o'zgarishlarni topa olmadik. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar orqali biz boshqacharoq o'ynashimiz kerak edi. Markazda yomon o'ynay boshlaganimizdan keyin muammolar ko'paydi.
- "Dinamo" mavsumni o'tgan yilgi temp bilan boshladi. Birinchi o'yindagi natijani kutilmagan desak bo'ladimi?
- Bunday bo'lishini kim ham taxmin qilibdi. Birinchi o'yinni ham yaxshi boshladik va gol urdik. Keyin esa yo'q joydan penalti yuzaga keldi. Ko'p o'tmay standartdan ikkinchi golni qo'yib yubordik. Shundan so'ng shoshilib o'ynadik va noto'g'ri harakatlar evaziga gol ura olmadik. Bizda realizaciya muammo. Ko'rdingiz, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin ushbu jihat bizda oqsadi. Umuman olganda dastlabki ikki tur doimo taxmin qilib bo'lmas bo'lib o'tadi. Yigitlar hali yaxshi holatda emas. Bu esa yaqqol ko'rinib turibdi.

- Ikkinchi bo'lim boshida Azizbek Amonovning almashtirilishi sababi nimada edi?
- U biroz jarohat oldi.
- Amonov o'tgan mavsumning dastlabki qismini "Bunyodkor" safiga o'tkazgan va bugun aynan shu sababli bo'lsa kerak, katta ishtiyoq bilan o'ynadi. Siz esa maydon chetida unga bir necha marta etiroz bildirdingiz.
- U shunchaki pas berishi kerak bo'lgan joyda to'pni o'zida ko'p ushlab qoldi. U "Bunyodkor"ga qarshi muvaffaqiyatli o'ynadi. Agarda u har bir o'yinda shunday gollar urishda davom etsa, yaxshi bo'lardi. Yaxshi futbolchi, iqtidor. Unga umid bildiryapmiz.
- Jamoada muammo faqatgina realizaciyada emas. Eshitishimizcha, futbolchilar bir necha oydan buyon maosh olishmayotgan ekan. Bu orqali futbolchilarni qay tariqa yuqori o'rinlar uchun ruhlantira olasiz? Barchaning o'z oilasi bor. Ularni boqishi, xo'jalik va kundalik taminlashi kerak.
- Gapingiz to'g'ri. Futbolchilarning ham oilasi bor. To'rt oy o'tdiki, maosh olmadik. Shak-shubhasiz bu og'ir. Barchasini to'g'ri tushunib turibman. Rahbariyat bu muammoni hal qilishi kerak. Umid qilyapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar