So’nggi yangiliklar

17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  2 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  24 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2

Vadim Abramov oliy ligada 12ta jamoa bo'lishi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

Vadim Abramov oliy ligada 12ta jamoa bo'lishi haqida nimalar dedi?

Kelasi yil oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi va chempionat uch davrali tizimda o'tkaziladi. Bu haqda bugun O'FF va PFL rasman malum qildi.

Yaxshi bilasiz, Farg'onaning "Neftchi" klubi bu mavsum oliy ligada jon saqlab qolish kurash olib bormoqda. Jamoa hozircha 23 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi. Agar "Neftchi" elitada qolishni xohlasa, kamida 11-o'rinni egallashiga to'g'ri keladi. Ammo buning imkoni bormi? Hozir "Neftchi"da 23 ochko, 11-o'rindagi "Qizilqum"da esa 30 ochko. Demak, ochkolar farqi - 7. 

Oliy ligada kelasi yil 12ta jamoa ishtirok etishi rasman malum bo'lgach, biz farg'onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik. 

- Menga ham kelasi yil oliy ligada 12ta jamoa bo'lishi haqida xabar berishdi, - deydi Vadim Karlenovich. - To'g'risi, buni eshitib hayron qoldim. CHunki bizda bu mavsum uchun reglament chiqarilgan. SHunday ekan, agar 2019 yildan shunday formatga o'tamiz deyilganida boshqa gap edi. Lekin bu yangilik to'satdan chiqdi va endilikda pastki o'rinlardagi jamoalarda biz nima uchun futbol o'ynayapmiz degan savol paydo bo'ladi. Futbolchilar ham shok holatida, bundan keyin mashg'ulot o'tkazish kerakmi-yo'qmi, o'ylanib qoldik. Hamma oliy ligada 12ta jamoani qoldirish o'zaro kelishuv asosida hal qilindi deyapti, lekin shaxsan mendan hech kim maslahat so'ragani yo'q. 

- Sizningcha, 12ta jamoani qoldirish nima beradi?

- O'yinlar soni ko'payishini aytishimiz mumkin. Hozir har bir jamoa 30ta o'yin o'tkazyapti, keyingi yil 33tadan o'yin bo'lar ekan. Menga qolsa jamoalar sonini ko'paytirgan maqul, shunday bo'lgan taqdirda o'yinlar ham ko'p bo'ladi. 

- Endi "Neftchi" qolgan to'rtta turni qanday o'tkazadi? 

- Men bungayam hayronman. Bizda reglament bor edi va shunga amal qilib kelayotgandik. Endi esa reglamentning keragi bo'lmay qoldi. Hayronman, buyog'iga nima uchun maydonga tushamiz? Vaziyatga real qarash kerak, mavsum tugashiga to'rt tur qolganida qanday qilib 11-o'rinni qo'lga kirita olamiz? Bilasizmi, FIFA, UEFA yoki OFKda biror musobaqaga o'zgartirish kiritiladigan bo'lsa, bu narsa kamida 2-3 yil oldin malum qilinadi. Keyin shunga qarab hamma tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Lekin chempionat davom etayotgan paytda to'satdan yangi format haqida qaror chiqarilishi men uchun tushunarsiz. 

X.Xoliqov suhbatlashdi. 


Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика