So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Vadim Abramov: Lokomotiv bilan yangi g'alabalarga erishmoqchiman Yangiliklar

Vadim Abramov: Lokomotiv bilan yangi g'alabalarga erishmoqchiman

Xabar berganimizdek, Lokomotiv klubi boshqaruvida kutilgan o'zgarish sodir bo'ldi.
Jamoa Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin klub rahbariyati shu kungacha bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgan Hakim Fuzaylovni istefoga chiqardi. Uning o'rnini esa 2009-2010 yillarda Lokomotiv klubini boshqargan, keyinchalik O'zbekiston milliy va Olimpiya terma jamoalarida faoliyat olib borgan Vadim Abramov egalladi. Taniqli mutaxassis bugundan eng shimarib ishga kirishdi. Biz jamoaning yangi bosh murabbiyidan qisqacha intervyu oldik.

- Vadim Karlenovich, avvalo o'zingiz uchun begona bo'lmagan jamoaga xush kelibsiz.

- Rahmat.

- Lokomotiv klubidan tushgan taklifni qanday qabul qildingiz?

- Yaxshi. O'z oldiga jiddiy vazifalar qo'ygan klubda ishlash yoqimli va Lokomotivning ham yuksak maqsadlarni ko'zlayotganidan mamnunman. SHu bois temiryo'lchilar jamoasi taklifini hech ikkilanmasdan qabul qildim.

- Siz ishlagan davr bilan solishtirganda jamoada jiddiy o'zgarishlar bo'lgan. Eng avvalo klub infratuzilmasi yaxshilandi, qolaversa tarkib ham ko'chaytirildi. Bu sizni xushnud etyaptimi?

- Albatta. Aslida men ishlab yurgan paytlarda mana shu o'zgarishlarga poydevor qo'yilgan edi. Hozir jamoa xalqaro talablarga javob beradigan ajoyib stadion va o'z bazasiga ega. Jamoadagi bu o'zgarishlardan xursandman. O'zbek xalqida “ot aylanib qozig'ini topadi”, degan maqol bor. SHunday ekan, men o'z uyimga qaytdim va endi Lokomotiv bilan yangi g'alabalarga erishmoqchiman.

- Murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'ladimi? Sizning doimiy hamrohingiz Marat Miftaxutdinov yoki milliy terma jamoada birga ishlagan yordamchingiz SHuhrat Maqsudov Lokomotivda paydo bo'lishi mumkinmi?


- Agar qandaydir o'zgarishlar bo'lsa, bu haqda birinchi bo'lib xabar topasizlar. Hozircha jamoa murabbiylar shtabida hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q, hamma ishlashda davom etmoqda. Ko'ramiz, balki qandaydir o'zgarish bo'lishi mumkin. Maqsudovga kelsak, uning ishi bor. U yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi hamda milliy terma jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlamoqda. SHu bois SHuhratni Lokomotivga taklif etmayman.

- Hozir jamoada milliy chempionatimiz uchun nisbatan ko'p futbolchi to'planib qolgan. Tarkibda ham qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi?


- Jamoada yuksak saviyaga ega futbolchilarning ko'proq bo'lgani maqul. Yaxshi o'yinchilar hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Biroq, masalaning ikkinchi jihati ham bor. Maydonda faqat 11 nafar futbolchi to'p suradi, hammada muntazam o'ynash imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Murabbiylar shtabi va klub rahbariyati bilan o'zaro maslahatlashgan holda bu masalani hal qilamiz. Kimlardir boshqa jamoalarga ijaraga berilishi ham mumkin.

- Jamoadagi futbolchilarning aksariyati nisbatan katta yoshdagi futbolchilar ekani sizni tashvishga solmayaptimi...

- Agar futbolchi maydonda yaxshi o'yin namoyish etayotgan bo'lsa hech kim uning yoshi haqida gapirmaydi. Lekin, o'yini qovushmasa yoki avvalgi saviyasidane past o'yin ko'rsatishni boshlasa darhol yoshi haqida gapirib qolishadi. Men hech qachon futbolchini pasportiga qarab o'ynatmayman. Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq.

- Lokomotiv endi navbatdagi rasmiy o'yinini 7 mart kuni o'tkazadi. Bu o'yingacha jamoa tayyorgarlikni qaerda olib boradi? Jamoa xorijga chiqishi ham mumkinmi?

- Jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yilgan ekan, tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lishi kerak. Hozir yurtimizda qish, hamma yoq qor bilan qoplangan. Bunday sharoitda mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rish qiyin. Agar jamoada hammasi risoladagidek bo'lsa, xorijga chiqishning zarurati bo'lmasdi. Ammo, Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichidagi o'yin ko'rsatdiki, hali qilinadigan ishlar ko'p. Jamoa xorijga chiqish-chiqmasligi yaqin bir-ikki kun ichida hal bo'ladi.

- Samimiy suhbatingiz uchun rahmat. Siz va Lokomotiv jamoasiga yangi mavsumda omad tilaymiz.

Otabek Eshmamatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика