So’nggi yangiliklar

18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  8 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  4 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  19 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0

Vadim Abramov: "Yirik g'alabalarda hech qanday sir yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Yirik g'alabalarda hech qanday sir yo'q"

"Lokomotiv" - "Metallurg" (5:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Bugungi yirik hisobdagi g'alabadan xursandman. Maqsadimiz har bir o'yinda maydonga tushib g'alaba qozonishdan iborat. Yirik g'alabalarda hech qanday sir yo'q. SHunchaki davralar oralig'ida biz jamoaga kerakli bo'lgan futbolchilarni olib keldik. Aynan shu bois yirik g'alabalar qo'lga kiritilmoqda".

"Geynrix, Rahmatullaev kabi futbolchilar jamoaga qo'shilgach o'yin uslubimiz ancha o'zgardi. Endi pas bera oladigan va gol ura oladigan futbolchilar ko'paydi".

"Bugun Farhod Tojiev bitta emas uchta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Baribir ikki to'p kiritganidan xursandman. Ivan Nagaevda esa o'ziga xos pasayish kuzatilmoqda. Ammo uning yoshida normal holat, hali u o'ziga keladi va bundan ham yaxshiroq o'ynab ketadi, bunga ishonaman".

"Osiyo o'yinlarda klubimizdan bir qator futbolchilar ishtirok etishadi. Bundan albatta xursandman, sababi ular vatan shanini himoya qilishadi. O'zbekiston terma jamoasiga ushbu musobaqada eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritishini tilab qolaman".

"Yaqinda mustaqillik bayrami keng nishonlanadi. Istiqlol tufayli yurtimizda futbol jadallik bilan rivojlandi. Mana oddiy misol, qarang nechta yangi stadionlar qurildi, qurilmoqda. Bularning bari aynan mustaqillik sharofati bilan bo'lmoqda".

"Hozircha bizda va "Paxtakor"da boshqalarga qaraganda chempionlik uchun imkoniyat ko'proq. Biroq bir qator chempionatlarda mavsum o'rtasida birinchi o'rinda borib turib yakunda chempion bo'la olmaganlarni siz ham biz ham ko'rganmiz. SHu bois mavsum tugashini kutaylik", - deydi Vadim Abramov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика