So’nggi yangiliklar

12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  0 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  0 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  2 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  0 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  5 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 09:30"Брентфорд" бош мураббийи: "Ҳусанов қизил олиши керак эди"  4 09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  4 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  11 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  23 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0

Vadim Abramov: "Ilk golimizni urib olgach raqib ochildi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ilk golimizni urib olgach raqib ochildi"

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga 8-tur doirasidagi "Sho'rtan" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Yaxshi o'yin va yaxshi ob-havo, muxlislar bahsdan qoniqishdi deb o'ylayman. Ular to'rtta gol ko'rishdi, bu esa futbolni chiroyli qiladi. Birinchi bo'lim biroz qiyinroq bo'ldi, ammo golimizni urib olgach, raqib ochildi va vaziyatlarimizdan foydalandik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.


— Hojimirzaev va Stanoevich erta almashtirildi, ularda sog'lik bilan hammasi joyidami?

— Bu taqvim bilan bog'liq. Barchasi tig'iz. Keyingi o'yinimiz 9 mayda. O'zgarishlar shu bilan bog'liq.

— 8 yil o'tib G'uzorga Superliga qaytdi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Ajoyib stadion va maydon. Bu erda menga doim yoqqan. Oldinda "Sho'rtan"ga omad tilayman.

— "Dinamo" "Paxtakor"ga qarshi o'yinda to'pni raqibga berib, ularning qo'lidan nima kelishini kutgandi. Bugungi ham o'yin shunday kechdimi?

— "Sho'rtan" jangovar jamoa. Ularni o'rgangandik va qanday o'ynashini kutgandik.

— Bugun omadli o'zgarishlar bo'ldi. Xislat Xalilov va Oybek O'rmonjonov gol urishdi. Ularning o'yini haqida nima deya olasiz?

— Bu "Dinamo"ning kelajagi bo'lgan yosh o'yinchilar. Ularga ishonch bildiramiz va ular asosiy tarkib o'yinchilari.

— "Dinamo" uch o'yindan beri safarda. "Dinamo" poezd va avtobusda harakatlanadi. Bu qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

— Jismoniy holatni qo'llab-quvvatlash uchun to'g'ri tiklanish jarayonini o'tash kerak. Ha, bunga qadar Samarqandda atigi ikkita o'yin o'tkazdik.

— "Dinamo" etakchilar qatorida. Ammo, to'plar nisbatiga qarasak 7:2ni ko'rishimiz mumkin. Etakchilarda 15tadan gol urilgan.

— Bu futbol. Bizni ham o'rganishadi. Futbolda jamoani himoyalanishdan ko'ra hujum qilishga o'rgatish qiyin. Bugun uchta gol urdik, bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Bizda vaziyatlar bor, ammo ulardan foydalanishda oqsaymiz.

— Hojimirzaev o'tgan yili 12-13ta gol urgandi. Joriy mavsumda esa ikkita gol, ammo 1:0 hisobida tugagan o'yinlarda to'p kiritdi. Shuningdek, hal qiluvchi ikkita assistni amalga oshirdi. Uning joriy mavsumdagi samaradorligi haqida nima deya olasiz?

— Hammasi yaxshi. Hujumchi boshqacha bog'liq o'yinchi, unga ham uzatmalar berish kerak. Menimcha, u yanada yaxshilanib boradi. Shuningdek, u hozirgi to'plarga oldingi mavsumdagi to'plarga tepgandek tepmoqda, ular biroz boshqacha, mashg'ulotlarda ham buni ko'rmoqdaman. U esa huddi oldingi to'pga tepgani kabi zarba bermoqda.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика