So’nggi yangiliklar

01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  1 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  3 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  7 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1

Vadim Abramov: "Hali oylik olmadik, lekin harakat bor" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hali oylik olmadik, lekin harakat bor"

Superliga 3-turdan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- 18 yildirki biz mag'lub eta olmagan jamoa bilan to'qnash kelib bugun ham yuta olmadik. Bugungi bahsda "Nasaf" ustidan g'alaba qozonishga juda yaqin kelgandik, ammo uch ochkoni qo'lga kiritish yana nasib qilmadi. O'yin oxirlarida gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda himoyada yomon o'ynamadik, faqat oxirgi lahzadagi xato golga olib keldi. O'yin haqida nima deyishim mumkin, menga o'yin yoqmadi.

- Qatorasiga ikkinchi uchrashuvda 44-raqamdagi futbolchini (Kingsli Sarfo) zaxiraga olyapsiz va shundan so'ng "Dinamo" o'yini umuman o'xshamayapti. Ko'p braklar yuzaga kelyapti. Balki mashg'ulotlarda nimadir bo'layotgandir. Shu haqda nima deya olasiz?

- Shu kunlarda qaerda mashg'ulot olib borayotganimizni bilasiz-a. Shunday ekan, bu borada bir narsa deyish qiyin.

- Bir nechta saytlar "Dinamo" oylik maosh olmayotgani haqida yozishdi. Yaqin orada oylik berildimi?

- Yaxshisi bu savolni jamoa rahbariga bera qolinglar. Faqat shuni aytishim mumkin, hali oylik olmadik, lekin harakat bor. Yaqin kunlarda hammasi ijobiy hal bo'lishiga umid qilamiz.

- Balki oyliklar o'z vaqtida berilmayotgani o'yinga tasir qilayotgan bo'lishi mumkin-ku.

- Endi har xil gapni aytsa bo'ladi. Durang o'ynab qo'yganimiz uchun bu ham tasir qildi deyish mumkin, yutganimizda umuman boshqa gap aytilgan bo'lardi. O'ylashimcha, klub rahbariyati hammasini hal qiladi.

- Birinchi taymda jamoangiz yaxshi harakat qildi, lekin ikkinchi bo'limda to'p nazorati va ustunlik raqib tomonga o'tdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Chunki 1:0 hisobida oldinga chiqib oldik va xotirjamlikka berildik. Qarshi hujumlarda yaxshi ko'rindik, faqat oxirgi zarbani yo'llaydigan o'yinchi etishmadi. Kimdir to'pga yugurdi, kimdir yo'q. Bularning hammasi tasir qildi. Bu ko'proq ruhiyat bilan bog'liq. Mavsum boshi bo'lgani uchunmi futbolchilar hisobni saqlab qolish borasida o'ylashyapti. Kim oxirigacha yugurayotgan bo'lsa, bilingki shijoat borligidan yuguryapti, aqli va texnikasi ustunligidan emas.

- O'tgan yil ikkinchi davrada jamoangiz ancha ishonchli harakat qilib, ko'p o'yinlarda ustunlik qilgandi. Qishki tanaffusda Pletnyov va Ratino jamoani tark etdi. Nahotki bu ikki yo'qotish jamoa o'yiniga shunchalik tasir qilgan bo'lsa?

- Gap shundaki, maydon markazidagi o'yinchilarni yo'qotish har doim jamoaga tasir qiladi. Eskilarning bir gapi bor: menga o'rtadagi o'yinchilarni ayt, men senga jamoang qandayligini aytaman. Buni men o'ylab topmaganman. Yangilar hozircha bizni qoniqtirmayapti. Qishki yig'inda umuman boshqa futbolchilar edi, hozir esa umuman boshqa. Bazan o'zim o'yinchilarni taniy olmayapman. Bu nima bog'liq bilmayman. Mana siz mashg'ulot o'tkazish uchun maydon yo'q deyapsiz, ishonasizmi kecha zalda shug'ullandik. Yana nima deyishim mumkin.

- Bugun bitta eksperiment qilib ko'rdingiz, yani ilk bor urugvaylik futbolchini maydonga tushirdingiz. Shu futbolchining o'rniga andijonlik futbolchini o'ynatsangiz ham bo'lardi. U yaxshiroq o'ynaydi. 19-raqamli futbolchi maydonga tushgach, faqat xato qildi, to'pni ko'p yo'qotdi.

- Andijondan chaqirgan o'yinchimizni o'ng qanot himoyasiga qo'yishimiz kerakmidi? Mana bu chinakam eksperiment bo'lardi. Markaziy himoyachimiz Dembele jarohat oldi, keyin Jumaboevni markazga o'tkazdik. Keyin urugvaylik futbolchini o'ng qanotga qo'ydik. Gap shundaki, bu o'yinchi Urugvay terma jamoasida o'ynaydi. Bu ham nimadandir darak beradi. Balki unda hayajon bo'lgandir. Bizda yana argentinalik futbolchi ham bor, u ham o'z paytini kutyapti. Yana bir legionerimiz to'pni faqat orqaga uzatadi. U xato qilmayapti, lekin to'pni nuqul orqaga beryapti. Men ham to'pni orqaga uzata olaman.

- Amonov oxirgi daqiqalarni yomon o'tkazdi.

- U yomon o'ynamadi, faqat to'pni ko'p ushlab turdi. Agar u boshqacha harakat qilganida bizga gol urilmasdi. Umuman olganda Amonov uchrashuvni yaxshi o'tkazdi, ko'p marta oldinga bordi, balki o'yin oxirida toliqib qolgandir. Biz futbol o'ynayapmiz, ayyorlik qilib yotib olayotganimiz yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
13 mar 07:10:13
антакия
Ойлик олмади дегани бир тийинсиз нолъга ўйнаб юрибди дегани эмас, ҳар ўйинга премиално бошкаси бор, ойлик бу просто қўшимча нарса, канча командалар уйинчилар бор ойлик олмаган или олмай кетган, гап ҳар ўйинга бериладиган мукофот рағбатлантиришда
+2   
13 mar 01:27:14
Farhod Uktamovich
Барбирам Карленович зур тренер. Омад Худо хохласа хаммаси яхши булади. Омад Динамо Самарканд
+1   
13 mar 11:14:14
uzb
Farhod Uktamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Барбирам Карленович зур тренер. Омад Худо хохласа хаммаси яхши булади. Омад Динамо Самарканд
Туғри Абрамов яхши мурабий,аммо жамоаси хужимга утганида орқаси очилиб қолябди,Яхши қочиб кета оладиган ижорчилари бор жамолар Абрамовни Динамосини осонлик билан қоқиб кетади,Диномода кучли футболчилар йиғилган бу футболчилар билан жамоа чемпионлик учун курашса булади,диномо уртоқликда ЦСКАни асосий таркибини ютиб кетгани тасидиф эмас,фақат жамоа хужимга утганда химояни унитиб қуйябди,узи азалдан Абрамов бошқарган барча жамоалар хужимга берилиб кетиб химояни очиқ қолдирарди
   
13 mar 11:12:22
Ultay
rustam foydalanuvchining fikriga javob berish
Сходи в парикмахерскую долбан!
а это тебе ебёт?
   
13 mar 10:54:24
rustam
Сходи в парикмахерскую долбан!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика