So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  0 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  4 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  6 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  11 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0

Vadim Abramov: "Bugun maydonning holati ustunligimizni natijada aks ettirishga xalaqit berdi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugun maydonning holati ustunligimizni natijada aks ettirishga xalaqit berdi"

Coca Cola Superliga 17-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” - “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Bunyodkor” jamoasi ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- So'nggi paytlarda nimagadir o'yinni nazorat qilyapmiz, hujumlar qilyapmiz biroq g'alaba qozona olmayapmiz. Bugun maydonning holati ham ustunligimizni natijada ham aks ettirishimizga xalaqit berdi. Hisobni ochgach, ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda nimanidir o'zgartirishga harakat qildik, lekin futbolchilar men kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi.


- Jaloliddinov borasida nima deya olasiz? U qaytib kelishi haqida xabarlar chiqdi. 

- Jaloliddinov borasida nima deyishim mumkin, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Yangi kelgan murabbiy esa Jasurga imkoniyat bermadi. Ko'p narsa murabbiyga bog'liq. Suares bunga yana bir misol. Lekin uning moskvaliklar bilan besh yillik shartnomasi bor.


- OCHLda "Paxtakor" o'yinlarini kuzatib boryapmiz. Eldorbek Suyunov juda ko'p xato qilmoqda. Uni hamon terma jamoasining birinchi raqamli posbon deb hisoblaysizmi?  

- “Paxtakor”ning OCHLda yaxshi natija ko'rsatayotganidan xursandman. Bu musobaqada futbolchilar juda katta tajriba orttirishmoqda. Boshqa tomondan ular qachon qaytishini biz xali bilmaymiz. Biroq 8 oktyabr kuni terma jamoa o'yinini belgilaganmiz. Bu o'yingacha Paxtakor futbolchilari qanday xolatda etib kelishini bilmaymiz. SHuning uchun navbatdagi yig'inga legionerlarimizni ham chaqirishni reja qilyapmiz. Eldor Suyunov? Darvozabonlarimizni oyoqda yaxshi o'ynay olmayotgani biz uchun fojia. Bizda darvozabonlar bilan muammolar bor. Yosh darvozabonlarni ham kuzatib bormoqdamiz. Tojikiston bilan o'yinda darvozani qo'riqlagan yosh darvozabon ham yomon o'ynamadi. Ammo tajriba yillar davomida to'plagandi, yoshlarni o'rtoqlik o'yinlaridan foydalanishimiz mumkin, biroq rasmiy o'yinlarda tajribali futbolchilarga ko'proq suyanamiz.  


- Bugungi o'yinda qaysi futbolchilarni alohida ko'rsatgan bo'lardingiz? 

- “Qo'qon-1912” jamoasida Murod Xolmuhammedovni terma jamoaga mos o'yinchi deb o'ylayman. U o'z ishinig ustasi hisoblanadi. Bizda bugun Lutfulla To'raev o'zini ko'rsatdi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика