So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Vadim Abramov: "Bizga Superkubok kerak emas desam xato bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizga Superkubok kerak emas desam xato bo'ladi"

O'zbekiston Superkubogidan oldingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov va Lutfulla To'raev ishtirok etishdi.

"Jamoa mavsumga u qadar yaxshi tayyor emas demoqda. Biroq menimcha biz yomon o'ynamadik. Ertaga mavsum oldidan yaxshi "repetitciya" bo'ladi. Futbolchilar "Fulad"ga qarshi o'yindan so'ng o'zlariga kelib olishdi", - deydi Vadim Abramov.

- "Fulad"ga qarshi o'yindan so'ng ertangi o'yin siz uchun qanchalik muhim?

- Bunday klubda ishlasang oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Superkubok kerakmas desam yolg'on bo'ladi. Futbolchilar qanday klubda o'ynayotganini bilishlari kerak. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz.


- O'tgan yil ham ilk o'yinni Superkubok doirasida o'tkazgan edingiz. O'sha mavsumda Fuzaylovning tuzgan jamoasini qabul qilib olgan edingiz. Bu safar o'zingiz istagan futbolchilarni jamoaga olib kela oldingizmi?

- Ha albatta. Men o'zimga kerakli barcha futbolchilarni jamoaga taklif qila oldim. Turkiyada yaxshi o'ynayotgandik, biroq bu erda negadir pasayish bo'ldi.


- Faoliyatingizdagi ikkinchi Superkubok o'yinida maydonga tushasiz. Jamoa Turkiyada yaxshi o'ynayotgan edi deyildi, nima uchun pasayish bo'ldi. OCHL bosimimi?

Lutfulla To'raev: - Menimcha bosim bor. Nufuzli musobaqada o'ynayapmiz, o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynadik. Ozgina vaqt o'tsa barchasi yaxshi bo'ladi.

Vadim Abramov: - Osiyo Kubogida ishtirok etgan futbolchilarimiz dam olmay klub yig'iniga qo'shilib ketishdi. SHu sababli ham Kapadze, To'raev kabi futbolchilarda ozgina charchoq alomatlari bo'lishi mumkin. Ammo bu o'tkinchi, ikki haftalardan so'ng barchasii o'z joyiga tushib ketadi.


- O'tgan yil jamoaning asosiy futbolchilari bo'lgan Bobur Yo'ldoshev va Ibrohim Rahimovda jarohat bormi?

- Yo'ldoshev o'tgan yil terma jamoalar yig'inida ishtirok etdi. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning yuragida muammo borligi haqida aytildi. U davolandi, kuni kecha unga maydonga tushishga ruxsat berishdi. Ibrohim Rahimovning barmog'i operaciya qilindi. Yaqinda u mashg'ulotlarga qaytdi.


- "Paxtakor"ning o'yinlarini ko'rdingizmi? Jamoa qanchalik kuchli?

Lutfulla To'raev: - "Paxtakor" yaxshi jamoa, OCHLda yaxshi o'ynamoqda. Biroq raqib "Real" yoki "Barselona" emas.


- Nima uchun jamoalarimiz bitta hujumchi bilan o'ynashmoqda? Hujumkor o'yin namoyish etishning iloji yo'qmi? 

- Aynan "Lokomotiv" haqida gapirsam, biz "Fulad"ga qarshi 3 nafar himoyachi bilan o'ynadik. Koryan va Abduxoliqov hujumda o'ynadi. To'g'ri kam gol urayapmiz, ammo bunga vaqt kerak.


- Ertaga asosiy tarkibda katta o'zgarishlar bo'ladimi?

- Yo'q. Katta o'zgarishlar aniq bo'lmaydi. 


- O'tgan yil jamoa o'z uyida "Paxtakor"ga yutqazib qo'yib chempionlik bilan xayrlashgandi. O'sha o'yin yodingizdami?

Lutfulla To'raev: - Albatta, o'sha o'yinni juda yaxshi eslaymiz. Ertaga bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz. Barcha yigitlar buni eslashadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика