So’nggi yangiliklar

22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  0 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  4 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  12 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  2 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  13 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1

Usmon Toshev: “Yaxshi himoyalanyapmiz lekin qarshi hujumda oqsayapmiz” Yangiliklar

Usmon Toshev: “Yaxshi himoyalanyapmiz lekin qarshi hujumda oqsayapmiz”

Kecha “Andijon” klubi o'z uyida “Yangier” jamoasini qabul qildi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev o'z fikrlarini bildirdi.

“Yangier” jamoasiga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida shogirdlarimdan umuman boshqacha o'yin kutgandim. Jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi. Qisqa vaqt ichida futbolchilarni o'yinga har tomonla tayyorlab bo'lmaydi. Lekin men shunga harakat qilyapman. Futbolchilarimizning 4tasida qizil kartochka 4tasida sariq kartochkasi bor edi. Ular maydonda qo'rqib o'ynashmoqda. Lekin bu bahona emas. Bilmayman nimagadur ushbu bahsda futbolchilarda biroz xayajon bo'ldi. Avvalgi turda “Istiqlol” jamoasiga qarshi uchrashuvda biroz erkinroq o'yin o'tkazgandik. Biz umuman boshqacha o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. 

Lekin markazda ko'proq to'pni raqiblarga oldirib qo'ydik. O'ng va chap qanot chizig'imiz faol o'yin ko'rsatmadi. Bunga nima sabab bo'ldi bilmayman. Hujumlarimiz juda ham yomoq chiqdi. Mashg'ulotlarda hammasi alo darajada edi. O'yin vaqtida jamoani umuman tanimay qoldim. Ularni xayajon bosdimi yoki boshqa sababi bormi bilmayman. Yahshi himoyalanyapmiz lekin qarshi hujumda oqsayapmiz. Gol urmagan jamoa g'alaba qozonmaydi. Bu futbol. Kimdur g'alaba qozonadi yana kimdur mag'lub bo'ladi. Qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi "Andijon" bosh murabbiyi Usmon Toshev 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика