So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev nima uchun "Buxoro" futbolchisini terma jamoaga chaqirmaganini tushuntirdi Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev nima uchun "Buxoro" futbolchisini terma jamoaga chaqirmaganini tushuntirdi

JCH-2022 saralashi doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Usmon Toshev va jamoa sardori Axtam Nazarov ishtirok etdi.

Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi. 


Usmon Toshev, Tojikiston bosh murabbiyi:

– Barchasi JCH-2022 saralashi boshlanishi bilan tabriklayman. Startni ancha uzoq vaqt kutdik. O'yinlarga astoydil tayyorlandik. Qirg'iziston bilan o'yinda maqsadimiz bitta – g'alaba, uyda uch ochko olish va saralashni yaxshi kayfiyatda boshlash. Muxlislarimizni quvontirishni istaymiz. Jamoa tayyor, futbolchilarning ko'zlari yonmoqda. Raqibni yaxshi o'rgandik. Tajribali, BAAda o'tgan Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etgan jamoa.



– JCH-2022 saralashidagi qaysi o'yin eng qiyini bo'ladi?

– Barcha o'yinlar qiziqarli va qiyin bo'ladi. Barcha jamoalar saralashga jiddiy tayyorgarlik ko'rishgan, oson o'yinlar bo'lmaydi.

– Muxlislar Tojikiston terma jamoasiga tajribali futbolchilar Fatxullo Fatxulloev va Nuriddin Davronov chaqiruv olishmadi deb savol berishmoqda?

– Fatxulloev ("Buxoro" futbolchisi, izoh - tahririyat) Osiyo Kubogi-2019 saralashining so'nggi turida qizil kartochka olgan va uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Uning diskvalifikaciyasi JCH-2022 saralashiga ham o'tadi. Fatxulloev noyabr oyidagi bahslarda bizga yordam bera oladi. Nuriddin Davronov esa yaqindagina o'ynashni boshladi. U Ummonga yaqinda ko'chib o'tdi va yangi klubga moslashmoqda. Davronov kerkli formaga kirib olsa milliy terma jamoaga albatta chaqiruv oladi.



– Legionerlar Manuchexr Jalilov, Xurshed Beknazarov, Amirbek Jo'raboev va Parvizdjon Umarboev qanday holatda?

– Yigitlar yaxshi formada. Xurshed Beknazarov, Manuchexr Jalilov va Amirbek Djuraboev ancha oldin terma jamoa ixtiyoriga etib kelishgani yaxshi bo'ldi, ular jamoa bilan ko'p mashg'ulot o'tkazishdi. Parvizdjon Umarboevga kelsak, u o'tgan kuni etib keldi. U Bolgariya chempionatida o'z klubi safida maydonga tushgani bois oldinroq kela olmadi. Ammo Umarboev aqlli, tezkor futbolchi, tezda kollektivga ko'shilib ketdi.



– Qirg'iziston bilan o'yindan oldin muxlislarga nima deysiz?

– Muxlislar biz uchun qayg'urishayotganidan xursandman. Barchani ertaga stadionga taklif qilaman va muhim bahsda bizni qo'llab turishlarini so'rayman. G'alaba qozonib ularni xursand qilishga borimizni beramiz.

Axtam Nazarov, Tojikiston terma jamoasi sardori:

– Birinchi o'yin doim muhim, barcha yigitlar o'yinning ahamiyatini his qilib turishibdi. Terma jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda, barcha maydonga tushib eng yaxshi o'yinni ko'rsatishga tayyor. Raqib bizga yaxshi tanish, ularga qarshi bir necha marta o'ynaganmiz. Kurashamiz va g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ertaga barchani stadionga kelib bizning haqiqiy 12-o'yinchimiz bo'lishga chorlayman! Qadrli muxlislar, sizning qo'llab-quvvalashingiz zarur!



Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика