So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  72 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Usmon Toshev bir oy oldin: "Bu er mening uyim". Usmon Toshev bugun: "O'FAda ish boshladim" Yangiliklar

Usmon Toshev bir oy oldin: "Bu er mening uyim". Usmon Toshev bugun: "O'FAda ish boshladim"

O'zbek futboli kechagi gap bugunga to'g'ri kelmaydigan bir davrni boshdan kechiryapti.

Bundan roppa-rosa bir oy oldin saytimizda "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") klubining bosh murabbiyi Usmon Toshevning intervyusi chop etilgandi. O'shanda yosh hamkasbimiz Faxriddin Ro'ziev buxorolik murabbiy bilan intervyu uyushtirgan. 

Suhbatda bir qator mavzular tilga olingan. Masalan, "Buxoro" nomining "Nurafshon"ga o'zgarishi, Toshevning klub bosh direktorligiga taklif etilgani-yu, lekin amalda bosh murabbiy bo'lib qolgani, klub bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagani, futbolchilarni 5 yillik shartnomaga imzo chektirgani va hokazo. 

Usmon Toshevdek mutaxassis klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma tuzdimi, demak uning rejalari ulkan bo'lgan. Lekin bugun ko'rdikki, u O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i lavozimida ish boshladi. Bu xafarni O'FA ham tasdiqladi. 

Faxriddin Ro'zievning "Tojikiston terma jamoasidagi faoliyatdan so'ng nega aynan "Buxoro"ga qaytdingiz?" degan savoliga Usmon Toshev "Bu er mening uyim, hozir barchasini tartibga solishning vaqti keldi" deb javob bergan. 


PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev 18 iyun kuni o'zining telegram kanalida shunday post qoldirgan ekan:

"Buxoroga qaytayotgan Usmon Toshev bilan ko'rishib, gaplashib oldik. Futbolni tushunadigan mutaxassisning kelishi birinchi yaxshi qadam. 

So'nggi 1 yilda ishlagan insonlar shaxsiyatini hurmat qilib aytamanki, ular Buxoro futboliga hech narsa berishmadi, faqatgina muammolarini ko'paytirishdi xolos. Ular natija uchun aybdor sifatida hakamni, boshqa hamma narsa uchun O'zPFLni ro'kach qilib, o'z muxlislarini aldashadi va fitnaga sabab bo'lishadi. O'zPFL Buxoroda futbol qayta jonlanishidan va ko'hna shahar jamoasi chempionlik uchun kurashishidan doim manfaatdor. Biz shunchaki o'z talablarimizni qatiy qo'yamiz. Hozir bahona qiladigan emas, ishlaydigan vaqt".

Bugun esa vaziyat o'zgardi. Nimadir bo'ldi-yu, Toshev "Buxoro"ni tark etdi. Klubning rejalari, keyingi yil uchun maqsadi va ayniqsa asosiy stadionda bo'layotgan tamirlash ishlari yana qog'ozda qoladigan bo'ldi. 

Usmon Toshevning O'FAda faoliyat olib borishi o'zbek futboliga qanchalik foyda berishini vaqt ko'rsatadi, lekin bir narsani unutmaylik, biz avvalambor kuchli klublarga ega bo'lmas ekanmiz, futbol bundan hech narsa yutmaydi. Endi tasavvur qiling, "Buxoro" klubining rejalari nima bo'ladi? Toshev klubga qaytgach, 2025 yilga qadar shartnoma tuzgandi. Nega ish faoliyati hatto yarim yilga bormadi? 

Kecha katta niyatlar bilan eng shimarib ishga kirishgan mutaxassis bugun o'zini boshqa joyda va boshqa lavozimda ko'rayotgan bo'lsa, bilingki, futbolimiz rivojiga hali bir qancha qovun pishig'i kerak bo'ladi. 

X.Xoliqov

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика