So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Urganchlik maktab-internat tarbiyalanuvchilari turnir g'olibi Yangiliklar

Urganchlik maktab-internat tarbiyalanuvchilari turnir g'olibi

Keyingi yillarda Xorazm viloyati futbol federaciyasi tomonidan aholining turli qatlami orasida mini futbol turini rivojlantirishga jiddiy etibor qaratib kelinayotir.
Kuni kecha O'zbekiston Konstituciyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag'ishlab 2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida nihoyasiga etgan navbatdagi musobaqa so'zimiz isboti sanaladi.
  
Aytish joizki, mazkur birinchilikning dastlabki bosqichida 13 ta jamoa uch guruhda o'zaro bahs yuritishdi. O'z navbatida guruh g'oliblari va eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan bitta ikkinchi o'rin sohibi yarim final juftliklarini hosil qilishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, Abror Qilichev va Alisher Vapaev ustozlik qilayotgan Urganch shahridagi 5-son futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining birinchi jamoasi turnir g'olibligini qo'lga kiritdi. Mazkur mahorat maskani tarbiyalanuvchilari hal qiluvchi o'yinda Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabi  jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishdi, 3:0.
  
Faxrli uchinchi o'rindan Urganch olimpiya zaxiralari kolleji va 5-son futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ikkinchi jamoasi joy olishdi.
  
- Jamoalarimizning muvaffaqiyatidan juda xursandmiz, - deydi Urganch shahridagi 5-son futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Azamat Jabborov. – Bu yangi yil bayrami arafasida jamoalarimizning o'quvchi va pedagoglarimizga o'ziga xos sovg'a bo'ldi. Aminmanki, kirib kelayotgan 2015 yilda ham tarbiyalanuvchilarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlab,  ko'plab yuqori natijalarni qo'lga kiritishadi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика