So’nggi yangiliklar

17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0

Urganchda yosh futbolchilar ko'rigi Yangiliklar

Urganchda yosh futbolchilar ko'rigi

Urganch shahridagi “Dinamo” o'yingohida O'zbekiston xalq talimi vazirligi tizimidagi futbol bo'yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining o'quvchilari o'rtasidagi birinchilikning hududiy saralash bosqichi o'yinlari bo'lib o'tdi.
24 mart kuni nihoyasiga etgan mazkur musobaqada Surxondaryo viloyatining Qumqo'rg'on tumani, Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumani, Buxoro viloyatining SHofirkon va Romitan tumanlari,  shuningdek Andijon, Urganch va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan maktab-internatlarning 1999-2000 va 2001-2002 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari mazkur musobaqaning final qismiga beriladigan yo'llanmalar uchun maydonga tushishdi.

Uchrashuvlarni boshqarishga  Ishaq Ibragimov (Qoraqalpog'iston), Jalg'ashboy Sarsenov (Qoraqalpog'iston), Anvar Alimov (Xorazm viloyati) singari tajribali hakamlarning jalb qilinganligi etiborga molik bo'ldi. Bu o'yinlarni xolisona o'tishini taminladi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, o'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni egallagan quyidagi jamoalar respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi.

1999-2000 yillarda tug'ilganlar.
1. Qumqo'rg'on (Surxondaryo viloyati. Murabbiylar: Bahodir Toshboev, Baxtiyor Husanov).
2. Yangiyo'l(Toshkent viloyati. Murabbiylar: Davron Dushaboev, Sanjar Madisroilov).

2001-2002 yillarda tug'ilganlar.
1. Urganch (Xorazm viloyati, Murabbiylar: Azamat Jabborov, Alisher Vapaev).
2. Andijon ( Andijon viloyati. Murabbiy: Lochinbek Guldaev).

Arabboy ARZIQULOV (O'zbekiston xalq talimi vazirligi qoshidagi  “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy  kengashi futbol bo'limi boshlig'i): - Uchrashuvlar davomida bo'lg'usi charm to'p ustalarimizning mahorati oshib borayotganiga guvoh bo'ldik. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan jamoalar haqli ravishda musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'l olishdi. Umuman musobaqamiz yuqori saviyada tashkil etildi. Bu erda yosh futbolchilarimizning yashashi va  ovqatlanishi borasida hech qanday muammoga duch kelmadik. Ochig'i, yaratib berilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bizni mamnun etdi.  Buning uchun  Xorazm viloyati hokimligi, viloyat xalq talimi boshqarmasi hamda viloyat futbol federaciyasi rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Sultonboy DOSOV (Urganch shahridagi 5-futbol bo'yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori): - Kichik yoshlilar guruhida zafar quchdik. Endilikda, final bosqichida munosib qatnashishga harakat qilamiz. Umuman, ushbu bosqich yo'llanmasiga sazovor bo'lishimizni o'zi yutuq hisoblanadi. Nasib qilsa, futbolchilarimiz hal qiluvchi o'yinlarda ham ishonchimizni oqlashadi, degan umiddaman.
               
Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика