Uolker: "Xorvatiya terma jamoasida tajribali futbolchilar ko'p, bu natijaga tasir qildi"
12 iyu 2018 08:47
Yangiliklar


Uolker: "Xorvatiya terma jamoasida tajribali futbolchilar ko'p, bu natijaga tasir qildi"
Angliya terma jamoasi himoyachisi Kayl Uolker JCH-2018 yarim finalida Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Xorvatiyada tajribali futbolchilar ko'p. Bu natijaga tasir qildi deb o'ylayman. Ular iroda ko'rsatishdi. Biz yana bir muhim bahs o'tkazishimiz kerak va uchinchi o'rinni olishga umid qilyapmiz. O'zimizga kelib olishimiz kerak.
Bugun Modrichga qarshi o'ynadim, u fantastik futbolchi. Raqib o'yinni bizdan ko'proq nazorat qildi. Biroq biz bu turnirda yaxshi ishtirok etdik deb o'ylayman.
Jamoadoshlarim bilan birga ishlash quvonarli, ular bilan mundialda ishtirok etish yoqimli. Futbol millatni birlashtirdi" - deydi Uolker.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar