So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  4 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  12 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  397 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Unutilib borayotgan 5 sobiq yulduz Yangiliklar

Unutilib borayotgan 5 sobiq yulduz

Professional futbolchining bir maromda faoliyat olib borishi juda qiyin. Uzoq vaqt davomida yuqori darajani saqlab qolish murakkab jarayon. Kimdir bunga dosh berolmaydi va istedodi keskin ravishda pasayadi. Bu holat bazi futbolchilar bilan sodir bo'lgan, biz hozir shular haqida gaplashamiz.

Jerdan SHakiri

Ampula: yarim himoyachi

Yoshi: 29 yosh

Qaerda o'ynaydi: "Lion" (Franciya)

SHakiri hech qachon haqiqiy yulduzga aylanmagan. U "Bavariya", "Inter" va "Liverpul"da to'p surishga muvaffaq bo'ldi, ammo Jerdanni hech qachon asosiy rolda guvohi bo'lmaganmiz. "Liverpul" tarkibida shveycariyaliklar futbolchi uchun so'nggi ikki mavsum omadsiz bo'ldi. SHakiri jamoadagi o'rnini yo'qotdi va ikki yil davomida Premer-ligada bor yo'g'i 21 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Natijada, ushbu yozda Jerdan 6 million evro evaziga o'rtamiyona "Lion"ga ko'chib o'tdi. 29 yoshli yarim himoyachi Franciya diyorida hozirda "Barselona"da o'ynayotgan Depay kabi o'z faoliyatini jonlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Jek Uilsher

Ampula: yarim himoyachi

Yoshi: 29 yosh

Qaerda o'ynaydi: erkin agent

Jarohatlar Uilsherga o'zini to'liq namoyon etishga imkon bermadi. O'z vaqtida u "Arsenal" etakchilaridan biri bo'lgan va muntazam ravishda Angliya terma jamoasiga chaqirilardi. Ammo faoliyatining so'nggi yillari omadsiz bo'lib chiqdi. 29 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumni CHempionshipda "Bornmut" safida o'tkazdi. Hozir esa Uilshir klublardan bebahra qolgan. Bir paytlar porlashi kutilayotgan futbolchining karerasi shunday zavol topmoqda.


Kshishtof Pentek

Ampula: hujumchi

Yoshi: 26 yosh

Qaerda o'ynaydi: "Gerta" (Germaniya)

Pentek 2018/19 yilgi mavsumda Evropa futboliga dinamit singari kirib keldi, u "Jenoa" tarkibida olti oy ichida 13 ta gol urdi. Buning ortidan 35 million evro evaziga "Milan"ga transfer qilindi hamda shu erda polyak yigitning o'sishi to'xtadi. 2018/19 ylgi mavsumning qolgan qismida ham Kshishtof yomon natija ko'rsatmadi — 18 uchrashuvda 9 ta gol. Keyinchalik Pentek muammolarga duch keldi. Asta-sekin u tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va 2020 yilning qishida "Gerta"ga badarg'a qilindi. Biroq Kshishtofning ketmoni Bundesligada ham uchmadi. O'tgan mavsumda u 32 o'yinda atigi 7 bor raqib posbonlarini ranjitgan. Pentek "Milan"ga ko'chib o'tganida, uning karerasi shu tariqa davom etishi etti uxlab, tushingizga kirmagan bo'lishi kerak.


Dele Alli

Ampula: yarim himoyachi

Yoshi: 25 yosh

Qaerda o'ynaydi: "Tottenxem" (Angliya)

So'nggi yillarda "Tottenxem"ning porlagan yulduzi va etakchisi bo'lgan Dele Alli ham yulduzlar makonida adashib qoldi. 25 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda APLda 15 o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Alli shunchalik orqaga ketdiki, uning transfer bozoridagi narxi uch yil ichida 100 million evrodan 30 million evroga tushdi. Dele Angliya termasidagi o'rnini ham yo'qotdi va so'nggi Evropa chempionatini o'tkazib yubordi. Ammo u hali 25 yoshda. Allining yuqori darajaga qaytishi uchun hali-hamon yo'llar ochiq.


Nabil Fekir

Ampula: yarim himoyachi

Yoshi: 28 yosh

Qaerda o'ynaydi: "Real Betis" (Ispaniya)

Fekir ham oxirgi vaqtlarda taqdirga tan berdi. 2018 yilda u "Liverpul"ga o'tish arafasida edi. Ammo keyinchalik transfer amalga oshmay qoldi va Fekirning faoliyatida pasayish ko'zga tashlandi. 2019 yilda Nabil 19 million evro evaziga "Betis"ga o'tdi. Ammo francuz futbolchisi u erda biror narsani qoyillatib qo'ymadi. O'tgan mavsumda Fekir 33 o'yinda atigi 5 bor darvoza to'rlarini titratgan. Unga hozirda top-klublar tomonidan "sovchi"lar kelmay qo'ygan. Afsuski, Fekirning orzulari ham sarobga aylanmoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика