So’nggi yangiliklar

19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  0 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  1 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  5 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0

"Union"ning 19 yoshli darvozaboni Arslanning oyog'ini kesib tashlashdi Yangiliklar

"Union"ning 19 yoshli darvozaboni Arslanning oyog'ini kesib tashlashdi

Teglar :  UnionBerkin Arslan
"Union"ning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi kasallik tufayli oyog'idan ayrildi.

Berlin klubi Berkin Arslan va uning oilasi uchun xayriya akciyasi tashkil qildi. "Union"ning 19 yoshli kiperiga suyaklar saratoni tashxisi qo'yilgan edi.

“Bolaligidan "Union" formasini g'urur bilan kiyib kelayotgan U19 darvozaboni Berkin Arslan hozirda hayotidagi eng og'ir kurashni boshdan kechirmoqda.

Bir necha oy oldin Berkinga shokka soluvchi tashxis qo'yildi - suyak saratoni. Barcha say-harakatlar va intensiv kimyoterapiyaga qaramay, saraton hali ham mag'lub bo'lmadi - hayotni saqlab qolish chorasi sifatida Berkin bir necha kun oldin oyog'ini kesib tashlashga majbur bo'ldi.

Berkin bolaligidayoq bir kun "An der Alten Försterey" stadionida "Union" muxlislari oldida chiqish qilishni orzu qilardi. U tinimsiz mehnat bilan "Union"ning yoshlar jamoalarida ishladi va o'tgan mavsumda birinchi marta asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi. Uning faoliyatidagi eng yorqin voqea u asosiy jamoa bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushganida bo'ldi, bu lahza Berkinning xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Endi Berkin va uning oilasi oldida yangi sinov turibdi. Berkinning g'amxo'rligi va qo'llab-quvvatlashiga muhtojligi tufayli ota-onasi endi ishga borolmaydi, oilaning hozirgi xonadoni esa zinapoyalar va to'siqlar ko'pligi sababli nogironlar uchun mos emas. Yangi kvartira yoki kapital tamirlash va kelgusi reabilitaciya yangi hayot boshlash katta xarajatlarni talab qiladi.

Berkin va uning oilasi endi "Union" oilasining yordami va birligiga muhtoj. Moliyaviy yukning bir qismini engillashtirish va Berkinga istiqbolli kelajak uchun eng yaxshi imkoniyatni berish uchun kraudfanding kampaniyasi boshlandi. Har bir yordam Berkinga hammasini boshidan boshlashga yordam beradi”, deyiladi kraudfanding kampaniyasi tavsifida.

Yangilik yozish vaqtida "Union" 78 110 evro yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика