So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Uni tanidingizmi loyihasidagi suratning javobi (izoh bilan) Yangiliklar

Uni tanidingizmi loyihasidagi suratning javobi (izoh bilan)

Saytimiz orqali futbolchilarning yoshlikdagi tushgan suratlarini savol ko'rinishida taqdim etishni boshladik.

Bir soat oldin saytimiz orqali mashhur futbolchilardan birining suratini joylab, uni kimligi haqidagi savolni o'rtaga tashlagan edik.

Bu borada siz azizlar tomonidan bir qancha javoblar yozildi. Ko'pchilik muxlislarimiz ushbu savolga to'g'ri javob topishgan.
Birinchi bo'lib ushbu bolakayning Stiven Jerrard ekanligini "dinamo-8080" nomli muxlisimiz topdilar.

Ko'pchilikda "Liverpul"ning ko'p yillik sodiq futbolchisi nima uchun "Everton" futbolkasida suratga tushganligi haqida savol uyg'ondi. Bir paytlar Stivning o'zi ushbu rasmga izoh berib o'tgan. Uning gaplarini keltirib o'tamiz: 

"Internetni titkilab turib, mening "Everton" libosida tushgan suratimga ko'zingiz tushib qolishi mumkin. Ko'k libos, shortik, getrilaman. Men "Liverpul"da mashhurlikka erishishni boshlagan vaqlarimda "Everton" fanatlari ushbu rasmni chop etib, tarqata boshlaganlar. Bu ish ular uchun qiziqarli tuyulgan. Hattoki The Mirror nashri ham ushbu suratn chop etgan va darhol ushbu suratning haqiqiy yoki fotomontajligi haqida savollar uyg'ona boshlagan. Ko'plar buni "fotoshop" deb o'ylaydilar. Aslida u rasm haqiqiy. Ushbu suratga 1987 yili tushganman. Menin ushbu "Everton"chasiga tushgan suratimda olti yosh bo'lganman. O'shanda amakim Lesli meni "Everton"ning o'yiniga olib borgan. Ushbu o'yinda men lotoreya g'olibi bo'lganman. G'olibning sovrini esa "Everton"ning sovrinlari bilan suratga tushish bo'lgan.

Amakim esa ayyorona tabassum qilib qo'ydi. CHunki, ushbu holat dadamning jahliga sabab bo'lardi. SHunday ham bo'ldi. U shundan so'ng meni amakim bilan futbolga yubormaydigan bo'ldi.

Men o'sha vaqtda judayam yosh bo'lganman. Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi raqobatning qay darajada ekanligini tushunib etmaganman. Men esa suratga tushishni judayam istagandim. Bu men uchun oddiy hol edi.

Hozirda esa ushbu suratni ko'rib o'zimga o'zim aytaman: "O'shanda nima qilib qo'yganman-a? Haaa... Barchamiz xatoga yo'l qo'yamiz. Buni bolalikka yo'yib qo'ya qolamiz", - deydi futbolchi.



Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика