So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Umidjon Boqiev: "Zaxiradan tushgan futbolchilar ishonchni oqlashmadi" Yangiliklar

Umidjon Boqiev: "Zaxiradan tushgan futbolchilar ishonchni oqlashmadi"

O'zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Do'stlik Oltiariq" (4:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Umidjon Boqiev matbuot anjumanida qatnashdi.




- O'yin haqida

- Bugungi bahsga qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rgandik. "Qo'qon-1912" Superliga jamoasi ekanligini inobatga olib, bizga qiyin bo'lishini bilardik. Boshida gol o'tkazib yuborib, keyin muvozanatni tikladik. Yakunda mag'lubiyatga uchradik. 

Yigitlar esa ro'za ekanliklariga qaramasdan, astoydil harakat qilishdi. To'g'risi, ikkinchi taymda zaxiradan tushgan futbolchilar ishonchni oqlashmadi. Ular ozgina yoshlik qilishdi. 

- Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad qanaqa? Pro ligaga chiqish uchun harakat qilasizlarmi?

- Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish. Birinchi ligada kuchli 3 likka kirish vazifasi qo'yilgan. Ko'ramiz, vaqt ko'rsatadi. Pro ligaga chiqishga harakat qilamiz, hammasi o'z qo'limizda. 

- Farg'onada 19 va 20 yoshli iqtidorli futbolchilar ko'p. Selekciya ishlarini davom ettiryapsizlarmi?

- Ha, albatta. Ko'rib turganingizdek, Oqil Mahmudov va Mo'ydin Mamazulumovdan tashqari qolgan futbolchilar selekciya orqali jalb qilingan va jamoa shakllantirilgan. Maqsadimiz – yosh futbolchilarni tarbiyalab, Pro liga va Superliga jamoalariga tayyorlab berish.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика