So’nggi yangiliklar

11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  1 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  8 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  6 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  18 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  41

Umid Ahmadjonov va futbol afsonalari ramziy manoda jahon chempionatini boshlab berishdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov va futbol afsonalari ramziy manoda jahon chempionatini boshlab berishdi

Xabaringiz bor, ikki kundan so'ng Rossiyada to'rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri, futbol bo'yicha jahon chempionati start oladi.

SHu munosabat bilan ko'zga ko'ringan futbol amaldorlari, yulduzlar, murabbiylar, umuman futbol sohasining mashhur kishilari ayni paytda Moskva shahrida jam bo'lishgan.

Bugun ana shu fursatdan foydalanib, FIFA Prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan konfederaciyalar o'rtasida o'ziga xos o'rtoqlik turniri tashkil qilindi. Unda FIFAga azo barcha Konfederaciyalar vakillari, jumladan UEFA, CONCACAF, AFC, OFC, CAF, CONMEBOL,  hamda JCH tashkiliy qo'mitasi vakillari ishtirok etishdi. Musobaqada dunyo futboli yulduzlari, jumladan uch karra "Oltin to'p" sohibi Marko van Basten, Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu, sobiq referi Perluiji Kollina kabi mashhurlarni ham uchratish mumkin edi. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol konfederaciyasi tarkibida yuqorida sanab o'tilgan futbol yulduzlariga qarshi maydonda to'p surdi. CSKA stadionida tashkil etilgan musobaqa do'stona ruxda, ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Turnir katta qiziqishlarga sabab bo'ldi. Uchrashuv yakunlangach, Umid Ahmadjonov futbol yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushdi.


Mazkur turnir davomida MOQ rahbari JCH-2018 tashkiliy qo'mitasi rahbari, Rossiya Federaciyasi Bosh vaziri o'rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan ham uchrashdi. Fursatdan foydalanib jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi, o'zaro fikr almashdi. Albatta, mana shunday do'stona, samimiy uchrashuvlar xalqaro aloqalarni mustahkamlashda, hamkorliklarni rivojlantirishda va albatta kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 bahslari 14 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida boshlanadi.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика