So’nggi yangiliklar

13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  0 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  8 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3

Umid Ahmadjonov: "Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg'a - Iphone 8 kutmoqda" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg'a - Iphone 8 kutmoqda"

Superliga 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayramlari tashkil etilishi haqida avval xabar berib o'tilgan edi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov o'ziga xos yubiley turda stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislarni yana bir supersovg'a kutayotgani haqida aytib o'tdi.

“Superliga o'z nomiga mos ravishda super musobaqaga aylanib bormoqda. Avvalgi yillarga o'xshab endi favorit sifatida etirof etiladigan jamoalar osonlik bilan ochkolarni qo'lga kiritishmayapti. Jamoalar uchrashuvlarda ajoyib iroda, shijoat va shiddat namoyish qilishyapti. Buni hisobda ortda borayotgan jamoalarning qahramonlik ko'rsatib, yakunda g'alaba qozonayotgani, o'yinning so'nggi daqiqalarigacha ayovsiz kurash kechib, g'alaba gollari hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda kiritilayotganidan ham ko'rsa bo'ladi.

Superliganing 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilinadi. Superliga titul homiysi “PEPSI” kompaniyasining sovg'alaridan tashqari O'zbekiston futbol Associaciyasi ham muxlislarga o'ziga xos supersovg'a taqdim qilishga qaror qildi.

Lotoreyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga Iphone 8 smartfoni taqdim qilinadi.

Superligada 10-turdan o'rin olgan o'yinlar yakuniga etganidan so'ng 6ta stadionning har birida o'ziga xos lotoreya tashkil qilinadi. Lotoreyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga Iphone 8 smartfoni taqdim qilinadi.

Futbol muxlislar uchun. Stadionga qancha ko'p muxlis tashrif buyursa, o'yinlar ham shunga yarasha shiddatli va murosasiz kechadi”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Demak, Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring, o'zingizni sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang va supersovg'alarga ega bo'ling!

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика