So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  16 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Umid Ahmadjonov: "SHavkat Mirziyoev barcha sohada oldimizga faqat maksimum vazifalarni belgilab berganlar" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "SHavkat Mirziyoev barcha sohada oldimizga faqat maksimum vazifalarni belgilab berganlar"

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi o'yinlari garchi o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da, biz uchun katta ahamiyat kasb etishini alohida takidladi.

“O'rtoqlik o'yinlari taktik tayyorgarlik, futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun kerak bo'lgan jarayon. Biroq bilamizki, oldinda O'zbekiston milliy terma jamoasini Osiyo Kubogiga qadar rasmiy o'yinlar kutmayapti. SHunday ekan, Senegal va Marokashga qarshi o'yinlar nega kerak degan savollarga duch kelmoqdamiz.

Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev barcha sohada oldimizga faqat maksimum vazifalarni belgilab berganlar. Aytaylik, shu kungacha federaciya o'rtoqlik o'yinlariga jiddiy etibor qaratmagani, raqiblar tanlash masalasi islohotga muhtoj bo'lganini hammamiz yaxshi bilamiz. SHundan kelib chiqib, qo'l uchida o'yin tashkil qilishni istamadik va Jahon CHempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan kuchli termalar bilan kelishuvga erishdik. Asosiy maqsadimiz kimnidir sinovdan o'tkazish yoki shunchaki maydonga chiqish emas, O'zbekiston futbolining obro'sini sekin-astalik bilan ko'tarish. FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasining qay saviyadagi raqiblar bilan o'ynashi, biz haqimizda xalqaro maydonda fikr shakllantiradi.

Demak, garchi o'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, futbolchi va murabbiylardan o'yinga borlarini berishni talab qilamiz. Bellashuv o'tdi-ketdi qabilidagi qarashlar bo'lmaydi, termaga nafaqat biz yoki qandaydir murabbiy, O'zbekiston futbolidagi hamma birdek javobgar bo'ladi”, — deb takidladi Umid Ahmadjonov.


Qayd etish kerak, O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Kasablanka shahrida Senegalga qarshi saf tortsa, oradan to'rt kun o'tib — 27 mart kuni shu shaharda Marokashga qarshi bellashuv bo'lib o'tadi. Avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Timur Kapadze 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni malum qilgandi.


“Superliga murabbiylari muhim pallalarda turgani uchun, biz avvaliga ularni bezovta qilishni istamadik. Masalan, Ro'ziqul Berdievning bor etibori “Nasaf”ning OCHLdagi o'yiniga qaratilgan. Endi esa kengaytirilgan tarkib aniq, Kapadze topshiriqqa ko'ra bu tarkibni Superliga murabbiylari bilan maslahatlashib tuzib chiqdi. Biroq ularning 23 nafari Marokashga yo'l oladi. SHuningdek, murabbiylar kengashi ham Marokash va Senegalga qarshi o'yinlarda terma jamoa azolari bilan birga yo'l oladi. Demak, navbatdagi qadamni qo'yish vaqti keldi.

20 fevraldan etiboran milliy terma jamoada murabbiylar kengashi ish boshlaydi. Futbolchilarning tayyorgarligidan tortib, taktik va nazariy ko'rsatmalarga qadar Kapadze Superliga mutaxassislari bilan bamaslahat ish qiladi. Bizga berilgan topshiriqqa ko'ra, vatan manfaati uchun hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlashimiz kerak. Milliy terma jamoa butun O'zbekiston xalqining etiborida turadi. SHunday ekan, O'zbekistondagi barcha etakchi murabbiylar uning buguni va kelajagi haqida qayg'urishi shart. Mirjalol Qosimovdan tortib, Ro'ziqul Berdievgacha, Yelichichdan tortib, o'tgan yili o'zini ko'rsatgan No'mon Hasanov, Ulug'bek Baqoev, Ilhom Mo'minjonovga qadar — hamma ishga kirishadi. Yani, oldindagi o'yinlarga jalb qilingan futbolchilarning funkcional holatidan tortib, maydondagi o'rniga qadar fikrlar jamlanadi. Bu murabbiylik sohasiga endigina kirib kelayotgan Kapadze uchun juda muhim. O'zaro suhbatimizda ham u qolgan mutaxassislar yordami unga zarurligi haqida aytib o'tgandi.

Vaqti kelib, O'zbekiston milliy terma jamoasini to'la-to'kis ishonib topshirish mumkin bo'lgan va sutkada 24 soat milliy terma haqida o'ylaydigan tajribali mutaxassisni olib kelamiz. Avval malum qilinganidek, u murabbiy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etib bo'lganidan keyin yurtimizga tashrif buyuradi. U kelguniga qadar esa murabbiylar kengashi chiqargan umumiy qaror amalda bo'ladi. Har kim o'z klubini o'zi istaganidek boshqarishi mumkin, ammo milliy terma jamoa haqida gap ketganida, hamma bitta maqsad yo'lida ishlaydi”, — dedi Umid Ahmadjonov.

O'zbekiston termasi Senegal va Marokashga qarshi o'yinlarda ishtirok etib ulgurmagan. Bu bellashuvlar bosh jamoa uchun yangi chaqiriq deyish mumkin.


“Futbolchilar bilan ham alohida gaplashamiz. Bu o'rtoqlik o'yini-ku degan fikr hech kimda bo'lmasligi kerak. O'zbekiston bayrog'i ostida maydonga chiqib keladigan sportchi u qanday musobaqa bo'lmasin, bor kuchini beradi. Terma jamoa azosi yo o'zini yuz foiz ayamasdan to'p suradi yoki termada boshqa ko'rinish bermaydi. O'zbekiston nafaqat sport sohasida, balki qolgan sohalarda ham jahonda o'z o'rniga ega bo'lishga harakat qilyapti, demak, qarashlarimiz ham endi shunday bo'ladi.

Prezidentimiz SHavkat Miromonovich bizdan talab qilayotgan jihat aynan mana shu. 2—3 yil shu ko'rinishda ishlaymiz, mehnat qilamiz va ortga qadam tashlash haqida o'ylamaymiz. Umid qilamanki, biz hali aslida qanday kuchga ega ekanimizni hammaga ko'rsatib qo'yamiz”, — deb so'zini yakunladi Umid Ahmadjonov.

O'FA terma jamoalar boshqarmasi navbatdagi rejalarni tuzib chiqishga kirishgan. Ayni vaqtda Superliga mutaxassislari va terma jamoa shtabi o'rin olgan murabbiylar kengashi tashkil qilindi. Uning ish rejasi, ishtirokchilarning vazifalari, mashg'ulotlar, nazariy va amaliy ko'nikmalar hamjihatlikda shakllantiriladi.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика