So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

MOQ prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 30 iyun kuni O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarif Mo'minjonov hamda maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi qo'shma qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati futbol associyasidagi umumiy holatni o'rganish va olimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish uchun Qarshi shahriga tashrif buyurdi.

Qarshi shahar aeroportida Umid Ahmadjonovni Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Zafar Ro'ziev kutib oldi.

Takidlash kerak, tashrif davomida dastlab "Muruvvat" nogiron bolalar uyiga borilib, u erdagi bolakaylarga sovg'alar ulashish rejalashtirilgan.

SHuningdek, Qarshidagi Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internati faoliyati bilan yaqindan tanishiladi.

"Nasaf" klubi o'quv-yig'in bazasi hamda klub akademiyasiga ham tashrif buyuriladi. Qarshi  shahridagi "Markaziy" stadion ko'zdan kechiriladi.

Bundan tashqari, sobiq "Mehnat" o'yingohi o'rnida qurilayotgan sport majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganiladi. Va nihoyat viloyat hokimligining majlislar zalida Qashqadaryoda sport, xususan, futbol sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar bo'yicha yig'ilish o'tkaziladi va tegishli xulosalar qilinadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика