So’nggi yangiliklar

10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  1 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  2 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  16 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  18 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  9 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  11 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3

Umid Ahmadjonov: "Muxlislarimizdan yana ozroq sabr qilishlarini so'rayman" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Muxlislarimizdan yana ozroq sabr qilishlarini so'rayman"

Kecha Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida tashkil qilingan Osiyo Kubogi-2019 qurasini barcha qatori Umid Ahmadjonov ham kuzatib bordi.

O'FA vice-prezidenti bilan quradan oldin va keyin suhbatlashib fikrlarini saytimizda chop etdik. SHu o'rinda muxlislarni qiziqtirayotgan yana bir savol bor: bu terma jamoamiz bosh murabbiyi masalasi. Albatta, o'zaro suhbat paytida Ahmadjonovga shu savolni ham bermasak bo'lmasdi.

Umid Mahamadjonovich terma jamoani kim boshqarishi haqidagi savolga shunday javob qaytardi:  

- "Terma jamoamizga kim bosh murabbiy bo'lishi haqidagi savol anchadan beri barchani qiziqtirmoqda. Men bu o'rinda muxlislarimizni juda yaxshi tushunib turibman. Lekin ishqibozlardan yana ozgina sabr qilishlarini so'rayman. Jahon chempionati tugasin, terma jamoamizni Osiyo Kubogiga olib boradigan murabbiy kim bo'lishini hamma bilib oladi".

- "O'zimiz ham o'sha kun kelishini kutyapmiz, lekin hozircha elon qilishga shoshilmay turamiz. Barchasini keyinroq OAV xodimlarini bir joyga yig'ib rasman elon qilamiz. Karlush Keyrush varianti haqidami? Yashirmayman, nomzodlar orasida bu murabbiy ham bor. Men u kishi bilan Dubayda uchrashib gaplashganman. Faqat shuni aytishim mumkin, terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi albatta nomi chiqqan, mashhur mutaxassis bo'ladi".

X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.

Reyting: +114   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика