So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasida Yaponiya delegaciyasini qabul qildi FOTO Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasida Yaponiya delegaciyasini qabul qildi FOTO

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti hamda O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiya Parlament guruhi Bosh kotibi o'rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida janob Suzukiga KEIO sport tibbiyoti universiteti tadqiqot markazi docenti Xiroyuki Ishida, shifoxona vice-prezidenti Xiroyuki Kobayashi, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi konsuli Atushi Suda va Yaponiya – O'zbekiston Buyuk ipak yo'li tashkiloti vakili Mansur Bahriddinov hamrohlik qilishdi.

"O'zbekistonga xush kelibsiz. Sizni bu erda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Kelajakda sizlar bilan birgalikda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikda ish olib boramiz", – deb so'z boshladi Umid Ahmadjonov.

"2020 yilgacha Yaponiya biz uchun ikkinchi uy bo'ladi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Olimpiya o'yinlari Yaponiyada o'tkazilishini eshitib juda xursand bo'lgandik. O'ylaymizki, Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada avvalgilaridan butunlay farq qiladigan bo'ladi.

Olimpiya o'yinlariga katta delegaciya bilan borishni maqsad qilganmiz. Bu borada o'ziga xos strategiya ishlab chiqqanmiz. Yaponiya futbol federaciyasi bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o'rnatganmiz. Yaponiyalik mutaxassislar bilan birgalikda ishlash biz uchun yoqimlidir", – dedi Umid Ahmadjonov.



O'z navbatida mehmonlar yurtimizda bo'lib turganliklaridan xursand ekanliklarini, mamlakatimiz yorqin taassurot qoldirganligi haqida gapirishdi. Qolaversa, ushbu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishi haqida ham malum qilishdi.

"Toshkentga uch yil avval ham kelgandim. Qisqa vaqt ichida shaharda yuz bergan o'zgarishlarni ko'rib hayratlandim. O'zbekiston barcha sohalarda rivojlanib borayotgani xalqaro hamjamiyatning etiborini tortmoqda. Jumladan, sport sohasida ham qisqa vaqt ichida katta islohotlar olib borildi. SHu boisdan mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishdan faqat xursand bo'lamiz" - dedi janob Suzuki.

MOQ rahbari esa O'zbekistonda yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib berdi. SHuningdek, nafaqat sport sohasida, balki savdo, investiciya sohasida ham hamkorlikdan mamnun bo'lishini, har tomonlama birga ishlashga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

Malumki, bundan bir necha oy oldin Umid Ahmadjonov Yaponiyaga tashrifi chog'ida ham mahalliy mutaxassislar bilan uchrashib, sport tibbiyoti sohasida, sportchilarni Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha kelishuvga erishgandi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Yaponiyaning Maydzuru shahri meriyasi o'rtasidagi memorandumga binoan dzyudo va sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari Olimpiadaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini aynan ushbu shaharda olib borishadi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov ananaga ko'ra Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика