So’nggi yangiliklar

22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  0 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  77 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  4 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  8 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  9 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11

Umid Ahmadjonov Lozannada Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Lozannada Xalqaro olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o'tkazdi

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax taklifiga ko'ra SHveycariyaga jo'nab ketgandi.

Bugun Lozannadagi Xalqaro olimpiya qo'mitasi qarorgohida Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.

Tomonlar bungacha Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o'yinlari vaqtida ko'rishib, umumiy masalalar yuzasidan suhbat o'tkazgandilar. Bugun esa Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarlari bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.



Umid Ahmadjonov uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo'mitasi tarkibida shu kungacha nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodan mutlaqo azo bo'lmagani, shuning uchun XOQ Sessiyasida mintaqamizdan ham o'z ovozi va saylash xuquqiga ega azoni tarkibga kiritish masalasini ko'tardi. Tomas Bax esa o'z navbatida XOQning 2019 yilgi umumiy yig'ilishida Umid Ahmadjonov nomzodini Ijroiya Qo'mitasi azoligiga taqdim etishga vada berdi.


Malumki, Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan o'tkaziladigan sport musobaqalari FIFA tasarrufidagi turnirlardek ko'p emas. Tashkilot asosan yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari, o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazadi. Umid Ahmadjonov uchrashuv davomida Tomas Baxga XOQ shafeligi ostida kechadigan yangi musobaqalarni tashkil etish, bunday nufuzli musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qilishga tayyor ekanligi borasida taklif kiritdi. Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari bunga javoban, 2019 yilgi XOQning marketing masalalariga bag'ishlangan yirik anjumanini Toshkentda o'tkazish niyati borligini malum qildi.


Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov o'zbek sportida ro'y berayotgan islohotlar, mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan sportga ko'rsatilayotgan etibor, sportni ommaviylashtirish, rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil malumot berib o'tdi va Respublikamizda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, mamlakat sportida ro'y berayotgan ulkan hajmdagi islohotlarni xayotga tadbiq etish masalasida janob Tomas Baxdan maslahatchi sifatida Toshkentga malakali va etuk mutaxassisni yuborishni iltimos qildi. Yurtimizda sport taraqqiyotiga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan etibordan to'lqinlangan XOQ Prezidenti taklifni bajonidil qabul qilib, sohada katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassisni O'zbekistonga yuborishini takidlab o'tdi.



Lozannaga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov “Olimpiya birdamligi” dasturi rahbari Pere Miro, shuningdek, XOQning bir necha departament rahbarlari bilan ham uchrashdi va hamkorlikda yangi loyihalar, seminar-treninglar o'tkazish masalasida kelishuvga erishdi.


Bir so'z bilan aytanganda, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidentining jahonning eng yirik sport tashkilotlari joylashgan SHveycariyaga tashrifi unumli va samarali bo'ldi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика